ŞHT yana kengaydi. Bu taşkilotning amaliy emas, deklarativ xarakterini kuçaytiradimi?
|20:39 / 08.07.20245 70412 min
Belarusning qöşilişi bilan Şanhay Hamkorlik Taşkiloti a’zolari soni 10 taga yetdi. Xöş, Qozoğistonda bölib ötgan 24-sammit qanday muhim jihatlar bilan e’tiborni öziga tortadi? “Geosiyosat” mavzuning muhim nuqtalarini siyosatşunoslar Farhod Tolipov va Kamoliddin Rabbimov bilan tahlil qildi.
— Ostona şahrida bölib ötgan "ŞHT plyus" formatidagi uçraşuv va unda muhokama qilingan mavzular qançalik dolzarb edi?
Farhod Tolipov: — ŞHT taşkilot maqomini olgandan beri har yili sammit ötkazilib, har birida deklaratsiya qabul qilinadi. Şu deklaratsiyalarning matnini körib çiqqanman. Ularning hajmi özi juda katta, xuddi olamşumul muammolarni hal qilişga kirişgandek. Muhokamalarda kosmosdan tortib iqlim özgarişi, xavfsizlik, terrorizmgaça bor. Umuman, butun dunyoni qiynayotgan muammolarning hammasi kiritilgan. Deklaratsiyalar matni biroz özgarib qaytarilib kelavergan. Ostonadagi sammit qanday yangiliklar bölarkan, bilmadim. Lekin menda katta bir narsalarni kutmayapman, çunki muhokama qilinmagan narsalar qolmadi. Faqatgina tarkiban kengayib boriş yangilik bölişi mumkin. 10 ta böldi a’zolar, 5 tadan boşlangan edi. Kuzatuvçilari, muloqot hamkorlari köpayayotgan taşkilot sifatida imijini kötarişga urinişayotganga öxşayapti.
Kamoliddin Rabbimov: — Sammitda çiqiş qilayotgan davlat rahbarlari qaysi masalaga qanday fokusdan yondaşdi degan masala muhimroq, menimça. Ukraina uruşiga 2 yildan oşdi. Ötgan 2 ta sammitda uruş endi boşlangandi yoki qizğin pallada edi, endi bu uruş standartlaşdi. Şu fonda Putinning vaziyatga berayotgan bahosi muhim. Putin aytdiki, dunyoda köp qutblilik şakllanyapti,uning parametrlari şakllanib böldi, şu köp qutblilikni şakllantirişda asosiy 2 ta taşkilot ŞHT va BRIKS, dedi. Rossiya nuqtai nazarida ŞHT Ğarbga qarşi bölgan yoki bölişi kerak bölgan taşkilot sifatida köriladi.
Xitoyning diplomatik tili esa murakkab, jumboqlar bilan gapirib, asosiy mohiyatni yaşiradi. Xitoy tomoni ham adolatli dunyo haqida gapirdi. ŞHT dunyo hamjamiyati tomonidan kollektiv Ğarbga qarşi bölgan maydon sifatida allaqaçon şakllanib bölgan. Bu yerda 2 xil davlatlar bor. Birinçisi neytral davlatlar, masalan, Hindiston, u BRIKSda ham, ŞHTda ham bor va ayni paytda kollektiv Ğarb bilan munosabati yaxşi. Boşqa bir davlatlar Hindiston kabi neytral, Xitoyning yoki boşqa davlatlarning roliga salbiy qaraydi, jumladan, Pokistonning roliga ham. Ba’zi davlatlar esa ŞHT bilan ham, Ğarb bilan ham ijobiy munosabatda, masalan, MO davlatlari ŞHT a’zosi bölsa ham, aksilğarb kayfiyati parvarişlamaydi, bundan tiyiladi.
Mavzuga oid
Köp qutblilik deganda AQŞ va Xitoy Ğarbga qarşilikni tuşunsa, MO davlatlariga köp qutblilik RF va XXRni tiyib turiş uçun kerak. Har bitta davlat köp qutblilikni öz ehtiyojiga qarab har xil talqin qiladi.
Ostona sammitining öziga xos tomonlari ham böldi. Masalan, Hindiston boş vaziri Modi kelmadi, örniga taşqi işlar vaziri keldi. Xitoy va Hindiston munosabatlari çigal, ikki davlat bir-birini opponent sifatida köradi. Pokistonning yangi boş vaziri ham keldi.
Yana bir jihat. Xitoy rahbaridan boşqa barça rahbarlarni Qozoğiston boş vaziri kutib oldi, Si Jinpingni Töqayevning özi kutib oldi. ŞHT sammitidan taşqari Xitoy va Qozoğiston muloqoti ham bölyapti, Si Jinping 3 kun Qozoğistonda böladi.
— ŞHT va BRIKS örtasidagi farqli jihatlarga töxtalib ötsak.
Farhod Tolipov: — 2 xil javob beriş mumkin. BRIKS global janub, umuman, global bir taşkilot degan maqomga da’vo qilayotgan taşkilotdek taassurot yaratyapti. Uning aksilğarb, aksilamerika pozitsiyalari oçiqça ifoda etilyapti. Dollardan voz keçiş, milliy valutalarda savdo qiliş kabi ğoyalarni ilgari suradi, Ğarbdan ğazablangan, yangiça tartibot yaratmoqçidek bölib.
ŞHTning Samarqand deklaratsiyasida esa taşkilot özagini MO taşkil etadi, degan jumla keltirilgan. 1996 yilda MOga fokuslangan taşkilot bölib taşkil etilganidek, hali ham şu narsa e’tirof etilyapti ekan. BRIKS esa global maydonga da’vogarlik qilyapti.
Qaçondir BRIKS va ŞHT birlaşadigan bölsa, hayron bölmasdim. Yaşirin yoki oçiq tarzda aksilamerika, aksilğarb pozitsiyalari bor, u yerda birorta demokratik davlat yoki Ğarb a’zosi yöq.
— Belarusning taşkilotga qöşilişi ŞHTni özining dastlabki mintaqaviy missiyasidan uzoqlaştirmaydimi?
Farhod Tolipov: — ŞHT baribir Xitoyga boğlangan taşkilot köproq. Xitoydan olisda bölgan Belarus qöşilyapti, lekin uning yonida bölgan Janubiy Koreya, Yaponiya, Vetnam qöşilmaydi. Ular ŞHTga qiziqmaydi ham, garçi ŞHTdagi terrorizmga qarşi kuraş va boşqa masalalar ular uçun ham muhim.
Yuqorida aytganimdek, ŞHT va BRIKS birlaşsa, hayron bölmayman. Bu Xitoyning "Bir makon – bir yöl" kabi global loyihalarining bir ifodasi bölişi mumkin. Belarus qöşilişini aytyapmiz, lekin bir-biriga duşman bölgan Hindiston va Pokistonning qöşilişi taşkilot ixtisosligini özgartirib yubordi. Özbekiston hukumati şubha bilan qaragandi bu ikki davlat qöşilişiga. Eron qöşilişi esa yanada murakkablaştirdi taşkilot missiyasini. Endi esa Ukraina uruşiga aloqador deyiladigan Belarus. Yildan yilga ŞHT missiyasi murakkablaşib, mavhumlaşib boryapti.
Kamoliddin Rabbimov: — ŞHT – markazida Xitoy turuvçi taşkilot. Sovet ittifoqi parçalanib 15 davlat paydo bölgaç, Xitoy qörqib ketadi. Xitoyda köplab millatlar, turli respublikalar mavjud. Şu sabab Xitoy parçalanişdan qörqib, possovet hududidagi, avvalo MO davlatlarini öziga jalb qildi. Xitoy separatizmdan qörqadi, uning yuzaga çiqişi esa terrorizm, zöravonlik bilan böladi. Natijada şu muammolarni birlaştirib, mintaqa davlatlarini şunga yönaltirdi. Bu masala yopilgan, Xitoy buni juda yaxşi nazorat qilyapti.
Endigi masala Xitoyning AQŞ bilan raqobatida unga muqobil yöllar kerak, transport-logistika, savdo-iqtisodiy hamkorlar kerak. Xitoy atrofidagi davlatlarning siyosiy kayfiyatini Xitoy manfaatidan kelib çiqib şakllantiriş lozim. Lekin bugun ŞHTda ikkita tomon bor: Xitoy va Rossiya, ularning maqsadlari töğri kelmayapti. Ukraina uruşidan keyin Rossiya Ğarbga qarşi birlaşişga çaqiryapti, öziga işongan imperiya sifatida Xitoyga Rossiyaning provokatsiyalari yoqmayapti. AQŞ va Xitoy örtasidagi ziddiyat Rossiya darajasida emas. Bugun Rossiya şoşilyapti Ğarbga qarşi birlaşişda.
Rossiya va Xitoydan taşqari, Hindiston va Pokiston ham bor taşkilot içida. Hindiston Rossiya yoki Xitoy tarafida emas, uning ham öz pozitsiyasi bor.
ŞHTga bir safar Xitoy a’zo qöşsa, bir safar Rossiya qöşyapti, ya’ni öz hamkorlarini. Masalan, Hindistonni Rossiya, Pokistonni Xitoy olib kirdi taşkilotga, bu bir-birini tiyib turiş uçun.
— Hindiston TIV öz bayonotida Xitoy bilan öz çegaralaridagi muammolarni hal qiliş böyiça muzokaralarni boşlaşga kelişib olgani haqida aytildi. Taşkilot bu borada Pokiston-Hindiston masalasiga ham ijobiy ta’sir qilişi mumkinmi?
Farhod Tolipov: — Bu ijobiy tendensiyalarga ŞHTning ta’siri qanday özi, degan masala bor. Xitoy va Hindiston örtasidagi bu muammo yillar davomida kötarilib yoki biroz tuşib kelgan. Şuning uçun bu narsa baribir Xitoy va Hindiston tomonlarining özining siyosiy irodasiga, vaziyat taqozosiga borib taqaladi. ŞHTning bu yerda qiladigan işi yöq edi, soddaroq aytganda.
Pokiston va Hindiston örtasida qançadan qança vositaçiliklar, muzokaralar bölmagan. 60-yillarda Özbekiston ham qöşilgandi bu vositaçilikka. Şu sabab ŞHT bu masalaga qançalik hissa qöşa oladi degan savol oçiq. Tinçlik bölişi nuqtai nazaridan, albatta, hissa qöşişini istaymiz. Ammo bunday tendensiyalar ŞHT doirasida kuzatilmayapti. Qançalik bayonot berişmasin, bu narsa piarga öxşab körinadi platformadan foydalanib.
Bir neça yil oldin Qozoğiston prezidenti Töqayev ŞHT haqida tanqidiy fikr bildirgan. Taşkilot doirasida qaysi loyiha amalga oşdi özi, loyihalar faqat ikki tomonlama bölyapti, degan ma’noda gapirgandi. Tahlilçilar emas, aynan prezidentning özi şunday gapirdi buni.
Taşkilot Şanhay ruhiyati degan narsani namoyiş etiş, birodar xalqlar, tarixan boğliq davlatlar degan narsani ifoda etiş uçun bölayotgandek. Bu ham yaxşi, yomon emas. Lekin amalda loyihalar şaklida, iqtisodiy loyihalar ikki tomonlama bölyapti rostdan, ŞHT doirasida emas.
— Özbekiston prezidentining “ŞHT–Afğoniston” muloqot guruhi faoliyatini qayta tiklaş haqidagi taklifiga ham töxtalib ötsak.
Farhod Tolipov: — Bir vaqtlar taşkilot doirasida Afğoniston bilan muloqot guruhi tuzilgan. Lekin bu muloqot guruhi haqida heç kim heç narsa demagan, qanday muzokara bölayotganini bilmadik. Orada boşqa platformalar ham böldi Afğoniston masalasida, ikkala prezidentimiz ham BMT doirasida köp gapirdi bu masalani. Lekin hali birorta platformada Afğoniston masalasi hal bölgani yöq. Şuning uçun ŞHTdagi muloqot guruhi tiklansa ham, uning qançalik samarali bölişi savol ostida.
Agar ŞHT deklaratsiyalariga qarasak, Afğoniston haqida umumiy fikrlar aytiladi. Umumiy pozitsiya yöq taşkilot doirasida bu böyiça. ŞHTni qöyaylik, MOda yagona pozitsiya yöq, masalan, Tojikiston va Özbekiston pozitsiyalari bir xil emas. Pozitsiyalar har xil bölib yotgan ekan, muloqot guruhi nima qiladi? Yakdillik yöq-da.
Kamoliddin Rabbimov: — Rossiya tomoni «Tolibon» BMTning terrorçi taşkilotlar röyxatidan çiqqani yöq, şu sabab ŞHTga qabul qilolmaymiz, dedi. Özbekiston tomoni taşabbusi bilan Afğoniston böyiça muloqot guruhi tuzilsa, bundan 2 xulosa kelib çiqmaydimi, ya’ni biz «Tolibon»ni ŞHTga qabul qilişga tayyor emasmiz, ŞHTdagi ba’zi davlatlar bunga yaşirinça veto qöyişi mumkin yoki umumiy vaziyatdan kelib çiqib qabul qilolmaymiz, şuning uçun bu böyiça alohida işlaydigan muloqot platformasi yaratyapmiz, degan.
Farhod Tolipov: — Aslida, şunday bölib ham kelyapti. Davlatlarning hozirgi pozitsiyalari davom etaveradi muloqot guruhida ham, deb taxmin qiliş mumkin. Oldingi muloqot guruhida salohiyat bölganda öşani işga solmas edimi öşa vaqtdayoq. Har holda, muloqot guruhi böyiça şunday mavhumlik saqlanib qolyapti.
Afğoniston böyiça şaxsiy kuzatuvlarimdan kelib çiqib aytişim mumkinki, Afğoniston masalasi yeçimi juda çuqur. Yeçim faqat afğonlarga, mintaqa davlatlariga boğliq emas. Masala BMT, AQŞ iştirokisiz hal bölmasa kerak, deb öylayman. Umuman, bu muammo keng, Turkiya, YeI kabilarning ham hissasi bölişi kerak.
Ukraina uruşiga ŞHTga a’zo ikkita davlat, ya’ni Rossiya va Belarus bevosita aloqador. Uruş boşlangandan beri 3 marta ŞHT sammiti böldi, şulardan birortasining deklaratsiyasida bu masala zikr etilmagan. Töğri, Xitoy tomonidan pozitsiyalar bildirilgan, lekin umumiy taşkilot böyiça pozitsiya bölmagan. Yaqin Şarqdagi holat böyiça ham biror bir jiddiy yeçim, takliflar berilgani yöq. Bu sammitda ayrim fikrlar bölyapti, şu orqali ham ŞHT özining aksilamerika, aksilğarb taşkilot ekanini yana bir namoyon qildi bilvosita bölsa ham, ya’ni Ğazodagi jinoyatlarni aytiş fonida. AQŞga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirilgandek böldi. Lekin baribir bu gaplar umumiy, yaxlit pozitsiya bildiriş, yeçimlar körganimiz yöq.
Kamoliddin Rabbimov: — Ikki strandartlilik bor, demoqçisiz, menimça. Rossiya ŞHT a’zosi bölgani uçun Ukraina masalasiga tegilmayapti, lekin Yaqin Şarqdagi inqirozning aybdori sifatida AQŞga toş otiş uçun bu imkoniyatdan foydalanilyapti.