Isroil va «Hizbulloh» örtasidagi uruş muqarrardek körinmoqda. Birinçi qadamni kim taşlaydi?
|21:34 / 09.07.202421 02112 min
Sönggi kunlarda Isroilning şimoliy çegaralaridagi vaziyat şunday rivojlanmoqdaki, endilikda ekspertlar Livan bilan katta uruşni ehtimoliy deb emas, muqarrar deb hisoblay boşladi.
Ötgan haftada «Hizbulloh» isroilliklarning Livan janubiga zarbasi oqibatida yuqori martabali qömondonlaridan biri Muhammad Nimah Nosir halok bölgani haqida xabar berdi. Bu Livandagi şialar guruhining ötgan yil oktyabrida Isroilga qarşi harakatlarni faollaştirganidan buyon «Hizbulloh» rahbariyati vakillari orasidagi kamida uçinçi ölim böldi.
Payşanba kuni Nosirning ölimiga javoban bir kunning özida Isroil böylab 200 ga yaqin raketa va portlovçi moddalar örnatilgan dronlar bilan hujum qilindi.
Isroil böylab zarbalar deyarli har kuni berilmoqda. Bunga javoban isroillik harbiylar «Hizbulloh»ning harbiy obektlarini öqqa tutmoqda va ayrim hisob-kitoblarga köra, sönggi töqqiz oy davomida guruhga 1,5 mlrd dollarlik zarar yetkazilgan.
«Hizbulloh» vakili taşkilot Muhammad Nosirning ölimiga javoban Isroildagi «yangi obektlarni nişonga olgani»ni ma’lum qilgan
Isroil-Livan çegarasining ikki tomonida beş kilometr radiusda haqiqiy harbiy hudud yuzaga kelgan, bu hududlardan yuz minglab kişilar evakuatsiya qilingan — 100 ming atrofida isroilliklar hamda 90 ming livanlik.
Isroil öz hududlari öqqa tutilişiga çek qöyiş va şimoliy hududlar aholisini öz uylariga qaytariş uçun kamida «Hizbulloh»ni öz çegaralaridan uzoqlaştirişi kerak va aftidan, buning nisbatan mö’tadil usullari endi iş bermay qöygan.
Amerika razvedkasi ma’lumotlari ham yaqin haftalarda örtada katta uruş boşlanişi mumkinligini körsatmoqda. AQŞ xavfsizlik xizmatlari buni Isroil va Hamas Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişa olmagani bilan boğlaydi.
Ammo Isroildagi ekspertlar bularning töğridan töğri aloqadorligi yöq deb hisoblaydi.
Katta uruş uçun hal qiluvçi turtki nima bölişi mumkin? Va buning oldini oliş yöllari qolganmi?
Kim birinçi qadamni taşlaydi?
Isroillik ekspertlar bir ovozdan katta uruşda birinçi qadamni ertami keçmi sabr kosasi töladigan Isroil taşlaydi deb hisoblamoqda. Ammo ular bunday qadamning ahamiyatini turliça baholadi: bir qismi buni davlatning terrorga tabiiy va hatto zarur deb hisoblasa, boşqalari – buni halokat deb biladi.
Mavzuga oid
«Isroil mamlakatning butun şimoli har soatda hujumga uçrab, öqqa tutilib va terror qilinadigan vaziyatda qança vaqt yaşaşda davom etişi mumkin. Şu holatda töqqiz oy ötdi. Isroil şimoli kimsasiz bölib qoldi. Bunday holatda Isroilning ham sabri tugaydi. Boşqa heç bir mamlakat ham öz fuqarolari bunçalik uzoq davr mobaynida öldirib kelinişiga rozi bölmasdi», — deydi BBC rus xizmatiga bergan intervyusida boş vazirning sobiq maslahatçisi Ariel Bulşteyn.
«Şimoldagi vaziyat global, keng qamrovli uruşga aylanib ketişi mumkin, çunki allaqaçon holdan toydiruvçi uruş davom etmoqda va Isroil buning oldini olişda muhim rol öynaydi», — deb hisoblaydi mojarolar va terrorizm masalalari böyiça isroillik ekspert Yoram Şvaytser.
«Hizbulloh» qurollarning katta arsenaliga ega, ammo Isroildan farqli ölaroq, quruqlikdagi töqnaşuvlar uçun yetarli resurslarga ega emas. Fotoda 2023 yil oktyabrida Livandagi kuçlar faollaşganidan keyin mamlakatning şimoliy çegaralariga taşlangan isroillik harbiylar
Tarixga Ikkinçi Livan uruşi sifatida kirgan Isroil va «Hizbulloh» örtasidagi sönggi töqnaşuvdan buyon 18 yil ötdi.
Ötgan vaqt davomida «Hizbulloh» Isroilning şimoliy hududlariga raketa va artilleriya zarbalarini yöllaşda davom etdi, bunga parallel ravişda öz jangovar arsenalini ham östirdi va takomillaştirdi.
Isroillik harbiy ekspertlarning baholariga köra, bugungi kunda guruh ixtiyorida 200 mingga yaqin raketa, jumladan yuqori aniqlikda harakatlanuvçi va taxminan 700 kilometr masofaga yetib boruvçi — ya’ni amalda Isroilning butun hududlarini qamrab oladigan raketalar mavjud.
Ammo guruhda quruqlik amaliyoti ötkaziş uçun kuç yetarli emas va ular çegarani birinçi bölib kesib ötişga jur’at qilolmaydi, deyişadi ekspertlar.
«„Hizbulloh“ning hujumlari darajasi va şiddati vaqt ötgan sayin oşib bormoqda va şunga mos ravişda Isroilning javob berişdagi qat’iyati ham. Voqealar dinamikasi şundan dalolat beradiki, biz kulminatsion nuqtaga yaqinlaşyapmiz», — deydi Ariel Bulşteyn.
Buyruq Tehrondan keladi
Turli donorlar tomonidan qöllab-quvvatlanadigan, şu bilan birga, falastinliklarning öz strategiyasiga ega guruhi bölib qolayotgan Hamasdan farqli ölaroq, «Hizbulloh» — nafaqat Eron pullari va qurollari evaziga mavjud, balki Eronning Isroilga nisbatan siyosati va maqsadlarining ötkazuvçisidir.
Ekspertlar fikriça, «Hizbulloh»ning faollaşuvi uning yetakçisi Hasan Nasrulloh aytganidek, Hamasdagi birodarlarni qöllab-quvvatlaş istagi bilan boğliq emas. Şunçaki, Hamas kutilmaganda «Hizbulloh»ga qulay palla yaratib berdi.
«Men Nasrullohning harakatlari falastinliklarning manfaatlaridan kelib çiqqan deb öylamayman. U öz manfaatlaridan kelib çiqqan holda, şialar öqi manfaatlaridan kelib çiqib harakat qiladi, u albatta, öz frontini kengaytiriş uçun Hamasni ham jalb etişga harakat qiladi. Ammo falastinliklar şunçaki bir komponent», — deb hisoblaydi Yoram Şvaytser.
Fotoda Tehronda 2006 yil Isroilga qarşi ötkazilgan namoyiş aks etgan. «Hizbulloh»ning u vaqtda hali yoş bölgan yetakçisi Hasan Nasrulloh tasvirlangan bannerda quyidagi sözlar yozilgan: «Allohga qasamki, Isroil örgimçak töridan ham beqarorroq. Eronning Isroilga nisbatan ritorikasi ön yillar ötsa ham özgarmagan
«Hizbulloh» — Eron rejimining suğurta polisi bölib, nafaqat Isroil bilan qurolli töqnaşuvlarni ta’minlaydi, balki Eronning Livan içkarisidagi aktivlarini ham himoya qiladi, deydi Vaşington institutining Yaqin Şarq siyosati böyiça eksperti Xanin Gaddar.
«[Eronning uruşdagi iştiroki] — nazariya yoki isroilliklarning paranoyyasi emas. Eron allaqaçon Isroilga töğridan töğri hujum qildi [joriy yil aprelida], qolaversa, bu misli körilmagan hujum edi — turli raketalar, jumladan ballistik raketalar hamda dronlar bilan. Eron foydalaniş uçun turliça qurollarni jamlagan va u buni amalga oşirdi», — degan Isroil boş vaziri sobiq maslahatçisi Ariel Bulşteyn.
«Eron öz maqsadi — Isroilni töla yakson etiş ekanini yaşirmaydi. Tehrondagi maydonlardan birida Isroilning qança vaqti qolganini körsatuvçi soat joylaşgan. Ya’ni, BMTga a’zo bölgan mamlakat oçiqçasiga boşqa bir davlatni yöq qiliş rejasini işlab çiqmoqda», — deya qöşimça qiladi ekspert.
Şu tariqa, siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaif bölgan Livan keng kölamli uruş boşlanadigan taqdirda amalda qarorlar qabul qilişda heç qanday rol öynamaydi. Buyruqlar Tehrondan keladi, deydi mutaxassislar.
Tomonlarga qaysi palla zarba uçun qulay?
Qariyb 10 oydan buyon Ğazo sektorida keng miqyosli amaliyot ötkazayotgan Isroil yangi amaliyot oldidan nafas rostlaşga muhtoj
«Isroil Hamasga qarşi uruşning intensiv fazasining yakuniy bosqiçiga yaqinlaşmoqda va amalda öz harbiy imkoniyatlarini sarflab yubordi, şimoldagi muammo qarşisida esa yolğiz qolmoqda. Va çeksiz kutiş holatida böliş imkonsiz», — deydi Bulşteyn.
Isroilning ikki frontda jang qiliş imkoniyatini mutaxassislar Hamas bilan uruşning avj pallasida
«Hizbulloh» Isroil kuçlarini öziga jalb eta boşlaganidan buyon muhokama qilib keladi.
Isroilda bunday imkoniyat mavjud, ammo unga bosqiçma-bosqiç harakatlaniş ma’qul va Ğazo sektoridagi qaynoq fazaning yakunlanişini şimoldagi amaliyot boşlanişi arafasidagi boşlanğiçnuqta deb hisoblaş mumkin.
Ammo buning uçun Eron oldinga qadam taşlamasligi kerak böladi.
Tehrondagilar nuqtayi nazariga köra, ayni vaqtda Isroil eng zaif holatida turibdi: u Ğazodagi uruşda kuçsizlangan, içki siyosiy ziddiyatlar tufayli parçalaniş bor, uning harbiy kabineti tarqalgan, Vaşington bilan munosabatlar esa yomonlaşgan.
Isroil hududlari uzoq masofaga harakatlanuvçi raketalar bilan öqqa tutilişi («Hizbulloh» hozirgaça bundan tiyilib kelayotgandi) Isroilni Ğazodagi uruşdan keyin nafas rostlaş hamda qayta guruhlanişga ulgurmasdan, tezda javob qaytarişga majbur qiladi.
Diplomatiya uçun imkon qoldimi?
Mamlakat şimolida boşlanişi mumkin bölgan uruşni isroilliklarning özi «Qiyomat kuni-2» deb ataşadi. Bu bilan 1973 yilgi Qiyomat kuni uruşiga işora qilinadi, öşanda Isroil arab davlatlari koalitsiyasiga qarşi jang qilişiga töğri kelgandi.
Bu uruş Yaqin Şarqda mintaqaning zamonaviy tarixidagi eng keng kölamlisi deb hisoblanadi.
Yangi mojaro ikki öyinçi qarama-qarşiligi bilan çeklanmaydi, u mintaqaning kattagina qismini qamrab oladi, kamida Eronning proksi kuçlari harakatlanadigan davlatlar — Livan, Suriya, Yaman va qisman Iroqni.
«Eron har tomondan Isroilga ekzistensional tahdidlar körsatişga urinmoqda: janubdan Hamas va „Islom jihodi“ tomonidan qöllov, şimolda — Hizbullohga dov tikilgan, ammo bu boşqa çegaralarimizga ham taalluqli, masalan, Eron Iordaniyadagi vaziyatni loyqalatiş va amalda Isroilning eng uzun çegarasini keskinlik öçoğiga aylantiriş. Bularning barçasi oşkora umumiy rejaning bir qismidir», — deydi Ariel Bulşteyn.
Hozirda bor e’tibor xalqaro vositaçilarga qaratilgan — garçi samaradorligidan umid kam bölsa-da, hozirda falokatning oldini ololadigan boşqa kuç yöq.
Isroil vositaçilar Livan BMT Xavfsizlik kengaşining 2006 yilda qabul qilingan va amalga oşirilmagan 1701-rezolyutsiyasiga rioya etişiga erişişini kutmoqda.
Bu rezolyutsiya Livanning rasmiy armiyasiga aloqador bölmagan har qanday kuçlar Isroil çegaralari yaqinidan olib ketilişi va amalda Livanning janubiy qismini nafaqat «Hizbulloh»dan, balki uning tarmoqlari hisoblangan boşqa barça harbiy tuzilmalardan tozalaşni közda tutadi.
«Yoki xalqaro hamjamiyat Isroil çegaralari yaqinida terrorçilar mavjudligini butunlay yöq qilişga majbur qiladigan qandaydir bosim körsatiş instrumentlarini topadi va şu bilan BMT rezolyutsiyasiga amal qilinadi hamda isroilliklarga yaşaş huquqi beriladi, yoki Isroil isroilliklarning tinç hayotga bölgan huquqini mustaqil holatda ta’minlaşiga töğri keladi», — deydi Bulşteyn.
Gap Isroil diplomatik sa’y-harakatlar natijasini yana qança vaqt kutişga tayyorligida qolgan. Mamlakat şimolidagi holat va 7 oktyabr voqealaridan olingan saboq esa bu uzoq davom etmasligidan dalolat bermoqda.
Şu yil noyabr oyidagi saylovlar natijalari ma’lum bölmaguniça, Isroil heç qanday harakatga qöl urmasligi haqidagi fikr ham mavjud. Ularning respublikaçilar va demokratlar boşqaruvi davridagi harakatlaniş erkinligi — turliça böladi.
Oq uyda Donald Tramp bölganida voqealarning har qanday rivojida Isroilning qöllab-quvvatlanişi kafolatlangan bölardi.
Ammo mintaqadagi vaziyat dinamikasi Isroilga okean ortidan keladigan xabarlarni kutişiga imkon qoldirişi dargumon.
«Bizning mintaqa ölçovlari böyiça AQŞdagi saylovlarga halikköp vaqt bor. Va ehtimoliy ikki ssenariy, kim ğalaba qozonişiga qarab, öşa vaqtdagi voqealar kartinasiga mos kelaveradi. Axir Isroilning duşmanlaridan heç biri Amerika saylovlarini kutiş va hokimiyatga kim kelişini köriş uçun „pauza“ tugmasini bosmaydi», — deydi Isroil boş vazirining sobiq maslahatçisi Ariel Bulşteyn BBC rus xizmatiga bergan izohida.