Strategik islohotlar agentligi Özbekistonda pensiya tizimini yaxşilaş imkoniyatlarini örganib, bir qator takliflar tayyorladi.
Agentlikka köra, Özbekiston “Allianz Pension Ranking 2023” pensiya reytingida 75 ta mamlakat qatorida 71-örinni egallagan (Qozoğiston – 34, Rossiya – 37, Turkiya – 59-örinda). Mazkur reyting uçta sub-indekslarga asoslangan, bular: bazaviy şaroitlar, barqarorlik va pensiya tizimining monandligi. Ular 1 dan 7 gaça bölgan şkala böyiça baholanadi (bunda 1 – eng yuqori baho). Özbekistonning umumiy bahosi 4,5 ni taşkil etgan (bazaviy şaroitlar böyiça 4,4; barqarorlik böyiça 3,6 va monandlik böyiça 5,3).
Özbekistonda pensiya badallari darajasi (12-25 foiz) boşqa mamlakatlarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Biroq tölovlarning yalpi koeffitsiyenti (55 foiz) örtaça. Uşbu körsatkiç işçining örtaça iş haqiga nisbatan olingan örtaça pensiyani körsatadi. Bu nomuvofiqlik fuqaro pensiya badallaridan köp mablağ olmayotgani va pensiyalar juda past ekanini anglatadi.
Bundan taşqari, Özbekistonda norasmiy bandlik yuqori bölgani sababli pensiya ta’minoti tizimining qamrovi past bölib – 38 foizni taşkil etadi. Pensiya mexanizmlari sifatida foydalaniş mumkin bölgan rasmiy moliyaviy xizmatlar ommabopligi ham past.
Özbekiston pensiya tizimi majburiy badallar böyiça belgilangan tölov tizimidan iborat bölib, borgan sari davlat budjetidan köproq moliyalaştirilmoqda.
Sönggi 10 yilda Pensiya jamğarmasi daromadlari 3,4 baravarga oşgan bölsa, xarajatlari 5 baravarga oşgan. 2020 yildan pensiya tölovlarini moliyalaştiriş uçun davlat budjetidan doimiy ravişda transfert ajratilmoqda.
2022 yilda transfert miqdori 11 trln söm (jami xarajatning 24,7 foizi)ni taşkil etgan bölsa, 2023 yilda 15 trln söm (29 foiz) közda tutilgan. 2030 yilda transfert miqdori 38 trln sömga yetişi prognoz qilinmoqda.
Aksariyat mamlakatlarda mazkur komponent kasbiy pensiya dasturlari yoki şaxsiy jamğariş dasturlari bilan töldiriladi. Özbekistonda kasbiy pensiya rejalari mavjud emas. Mavjud bölgan yagona individual jamğariş dasturi majburiy bölib, badallar stavkasi past bölgani (oylik iş haqining 0,1 foizi) va çeklovçi qoidalari köp bölgani bois katta ahamiyat kasb etmaydi.
Uşbu mablağlarga har yili inflatsiya miqdorida foiz daromadlari (2021 yilda 10 foiz, 2022 yilda 12,4 foiz, 2023 yilda 8,8 foiz) hisoblansa-da,








