Senatning 54-yalpi majlisida yangi tahrirdagi «Elektr energetikasi töğrisida»gi qonun qabul qilindi.

Ta’kidlanişiça, amaldagi qonun 2009 yilda qabul qilingan bölib, unda elektr energiyasining ulgurji va çakana bozori, jumladan, sohada raqobatni qöllab-quvvatlaş mexanizmlari nazarda tutilmagan, elektr ta’minotining işonçli, xavfsiz, barqaror hamda kam xarajatli işlaşini ta’minlaydigan normalar aks ettirilmagan, iste’molçilarning narxlar va xizmatlar körsatiş sifati böyiça manfaatlarini himoya qiliş kafolatlari belgilanmagan edi.

Yangi tahrirdagi «Elektr energetikasi töğrisida»gi qonun bilan iste’molçilarning narxlar, işonçli elektr ta’minoti va xizmatlar körsatiş sifati böyiça manfaatlarini himoya qiliş, elektr energiyasi jiddiy tösiqlarsiz sotiladigan likvidli bozorni şakllantiriş maqsadida samarali, şaffof, tabaqalaşmagan va raqobatdoş elektr energiya bozorining yuzaga kelişi va rivojlanişiga kömaklaşiş nazarda tutilgan.

Qonunda raqobat muhitini rivojlantiriş, xususiy sarmoyalarni jalb qiliş va joriy etişni rağbatlantiruvçi elektr energetika tarmoğining samarali faoliyat yuritişi uçun tuzilma va umumiy qoidalar belgilangan.

Şuningdek, elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va çakana bozor qoidalari ham aks ettirilgan.

Bundan taşqari, qonunda elektr energiyasi bozorida treyderlar (jismoniy yoki yuridik şaxslar) faoliyatini tartibga solişga qaratilgan umumiy qoidalar, ularning huquqlari va majburiyatlariga oid norma ham kiritilmoqda.

Senatorlarning ta’kidlaşiça, qonunning qabul qilinişi sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilişga va bu orqali elektr energetikasi sohasi samarali faoliyat yuritişiga, elektr energetikasi korxonalari huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari belgilanişiga hamda elektr energiyasini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan işlab çiqarişni rağbatlantirişga xizmat qiladi.