Aeroport 1977 yilda qurilgan bölib, yaqin yönalişlarga parvozlar amalga oşirilgan. Keyinçalik faqat harbiy havo kuçlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida uşbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yölga qöyildi.

Aeroportda 100 nafar yölovçiga möljallangan yangi terminal qurilgan, uçiş-qöniş yölagi qoplamasi ta’mirlangan. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari örnatilgan. Bu işlar natijasida aeroport A 320-200 va ATR 72-600 rusumli samolyotlarni qabul qiliş imkoniyatiga ega böldi.

Şavkat Mirziyoyev endi bu aeroport xalqimizga manfaat keltirişi kerakligini ta’kidladi. Buning uçun narx va xizmatlarni odamlarga qulay qilib, parvozlarni köpaytiriş böyiça körsatmalar berildi.

Içki turizm imkoniyatlaridan foydalaniş yaxşi samara berişi, xalqaro reyslarni ham yölga qöyiş mumkinligi qayd etildi.