Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyatiga taşrifi davomida investorlar bilan uçraşib, viloyatda amalga oşirilişi rejalaştirilgan yangi loyihalar bilan tanişdi.

Ma’lum qilinişiça, keyingi 7 yilda Farğona viloyatiga qariyb 77 trillion sömlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 116 mingta iş örni va 4,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan. Bu yil viloyatda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oşirilmoqda.

Endi Farğona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha şakllantirilgan. Şundan 2,1 milliard dollarlik 25 tasi davlat rahbariga taqdimot qilindi.

Loyihalarga Avstriya, AQŞ, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Yaponiya va Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular töqimaçilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, quriliş materiallari, xizmat körsatiş va boşqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Masalan, Xitoy investorlari bilan hamkorlikda Uçköprik tumanida qiymati 50 million dollarga keramik plitalar işlab çiqariş loyihasi amalga oşirilmoqda. Buning natijasida 500 nafar yangi iş örni yaratiladi. Quva tumanida Saudiya Arabistoni investorlari bilan birgalikda isitiş va sovutiş tizimlari ehtiyot qismlari işlab çiqariş yölga qöyiladi. Qiymati 50 million dollarlik uşbu loyiha yakunlangaç, 350 kişining bandligi ta’minlanadi.

Mazkur 132 ta loyiha işga tuşirilişi natijasida 23 mingdan ortiq aholi iş bilan ta’minlanadi.

Şavkat Mirziyoyev mutasaddilarga loyihalarning huquqiy-taşkiliy asoslarini tezlaştiriş, investorlar uçun barça şarotlarni ta’minlaş böyiça qöşimça körsatmalar berdi.