Yaşnobodda erkak özi birga yaşab kelgan ayolning 3 yoşli farzandini vahşiylarça piçoqlab öldirdi. Kun.uz muxbiri qotillik tafsilotlarini suriştirib voqea joyida böldi. Qöşnilarning aytişiça, qotillik erkak va ayol örtasidagi janjal asnosida röy bergan.

9 iyul kuni Yaşnobod tumani Yakkatol köçasida yaşovçi 30 yoşli erkak özi bilan yaşab kelayotgan bir ayolning 3 yoşli farzandini piçoqlab öldirgani xabar qilingandi. Holat yuzasidan Kun.uz joyiga borib, vaziyatni örganişga urindi.

Köp qavatli uyda yaşovçilarning ma’lum qilişiça, voqea bir neça kun oldin keçasi soat 3 larda sodir bölgan. Ayol va erkakning özaro janjali ortidan, bola öldirilgan.

“Eşitişimça, balkonda ayoli boşqa odam bilan telefonda gaplaşayotgan bölgan, erining raşki kelganmi, ayolning soçidan uşlab, tortib olib kirib ketgan. Keyin içkarida janjal, kelişmovçilik bölgan.

Yana bir yon “pod’yezd”da yaşovçi qöşnimizning aytişiça, içkarida bola talaşilgan. Örtada 10-15 daqiqa atrofida jim bölib qolişgan, keyin bittada “bolam ölib qoldi” deb baqir-çaqir boşlanib ketgan. Keyin ayol pastga usti-boşi qon ahvolda, oyoq-kiyimsiz yugurib çiqqan, mahalladan çiqişda çapga qarab ketgan.

Eri orqasidan yugurib tuşganda, qöşnilarimiz töxtatgan. Nima bölayotganini söraşganda “men buni Alloh yölida qildim”, degan, şu bilan şu holat bölgan. Söng qöşnilarimiz “102”ga qönğiroq qilişgan, buni bilgan erkak çiqindixonaga qarab ketgan. Köp ötmay uni qaytarib olib kelişgan va hibsga olingan”, – deydi şu yerda yaşovçilardan biri.

Uning sözlariga köra, guvohlar bolaga 12 marta piçoq sançilganini aytişgan.

“[Guvohlar] janjal bölganidan keyin nima bölayotganini biliş, yordam beriş maqsadida [xonadonga] kirib borişgan, piçoqbozlik bölganini bilişmagan, özaro oilaviy janjal deb öylaşgan. Keyin PPS xodimlari kelib, erkakni uşlagan, tez yordam bolani olib ketgan”, – deydi u.

Şu yerda yaşovçilardan yana birining aytişiça, ayol va erkakning nikohdan ötgani böyiça hujjati bölmagan. Ular bu xonadonni ijaraga olib yaşay boşlaganiga hali 1 hafta ham bölmagan.