AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyuştirişda gumonlanganning şaxsi ma’lum böldi — bu Pensilvaniya ştati, Betel-Park şaharçasidan bölgan 20 yoşli Tomas Mettyu Kruksdir, deb xabar bermoqda The Washington Post Federal qidiruv byuroga asoslanib.

Betel-Park suiqasd röy bergan Batlerdan 70 km masofada joylaşgan.

Kruks 13 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler şahrida Tramp tarafdorlari iştirokidagi miting çoğida öt oçgan. Kruks miting joyidan taxminan 100-120 metr masofadagi qöşni bino tomidan turib, AR-15 rusumli yarimavtomat miltiqdan öt oçgan.

Otişma çoğida mitingga kelganlardan biri halok bölib, yana ikki nafari yaralangan va oğir ahvolda qolmoqda. Öqlardan biri Donald Trampning ham öng quloği yuqori qismini yalab ötgan. Boş qismi qonga belangan holda köriniş bergan sobiq prezident darhol şifoxonaga olib ketilgan. Trampning saylovoldi kampaniyasi vakillari hozirga kelib u bilan «barçasi joyida» ekanini ma’lum qilgan.

AQŞ sobiq prezidentiga suiqasd uyuştirişda gumonlanuvçi Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib öldirilgan. FQB ma’lumotiga köra, u muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagandi. Uning motivlari örganilmoqda.

Bu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Kruks «respublikaçilar va Trampdan nafratlanişi»ni aytgan video tarqalmoqda. U respublikaçilar «notöğri odamni tanlagani»ni qöşimça qiladi.