“Bir yil kontraktda öqidim, grant bölib qolarmi deb yana testga keldim”, “Qizim 2-kursda öqiydi, lekin yönalişi öziga yoqmaydi”. Bu yilgi test imtihonlari öziga ikkinçi imkoniyat berişga qaror qilgan talabalar bilan töla. Kun.uz imtihonning ilk kuni taassurotlarini biliş uçun test yeçib çiqqan abituriyentlar va ularning yaqinlariga mikrofon tutdi.

Bugun, 14 iyul davlat oliygohlariga kiriş imtihonlarining ilk kuni. Bu yil testlar odatdagidan 15 kun oldin boşlandi. Birinçi smena imtihonlar 8:00-11:00, ikkinçi smena esa 15:00-18:00 oraliğida ötkaziladi.

Bu yil nafaqat test kunlarida özgariş böldi, balki testga kelgan abituriyentlarda ham özgariş bor. Ularning aksari testni hayajonsiz ötkazgan. Çunki testga kelganlar orasida öziga ikkinçi imkoniyatni berişga qaror qilgan talabalar talaygina. Kun.uz Toşkent şahrining “Yoşlik” sport majmuasi binosiga borib, abituriyentlar va ularning ota-onalari bilan suhbatlaşdi. Aksar abituriyentlar özini abituriyent emas, talaba deb taniştirdi.

“Qizimni olib keldim. U sirtqiga öqişga kirgan. Lekin undan qoniqmay, kunduzgi ta’limda öqişni xohlayapti”, – dedi Qaşqadaryodan kelgan ota-onalardan biri.

Yana bir boşqa ona ham qizi pedagogika yönalişida öqişini, lekin tibbiyot mutaxassisi bölişni xohlaşini aytadi.

“Qizim Özbekiston Milliy universitetining biologiya fakultetida öqiydi. Lekin u SamPIda öqişni xohlagan edi. Balli yetmagani uçun kirolmagandi. Bu yil yana omadini sinab köryapti”, – dedi onalardan biri.

Xuddi şunday javoblarni Kun.uz muxbiri duç kelgan öndan ortiq abituriyentlar ham aytdi. Lekin ularning testni ikkinçi marta qayta topşirişga qaror qiliş sabablari bir-biridan farq qiladi. Kimdir oldingi yillari kontraktga kirgani sabab, bu yil grantga ilinişga umid qilsa, kimdir ötgan yili majbur bölib qolganidan özi istamagan yönalişni tanlab qöygani, bu yil esa özi qiziqqan sohasi böyiça öqiş istagi borligini ma’lum qildi.