2024 yilgi qabuldan abituriyentlar yangi tartib asosida OTMga hujjat topşiradi. Bu yilgi hujjat topşiriş oldingi yillardan farq qiladi. Kun.uz özgarişlar böyiça Bilimlarni baholaş agentligi bölim boşliği Jamşidbek Odilov bilan suhbatlaşdi.

Abituriyentlar hujjatlarini qanday tartibda topşiradi?

Abituriyentlar joriy yildan “avval test, keyin tanlov” mexanizmi böyiça hujjat topşiradi.

Birinçi bosqiç qabuli 5 iyundan 25 iyungaça amalga oşiriladi. Bunda abituriyent test sinovida qatnaşişga tegişli ma’lumotlarni kiritadi. Fanlar majmuasi: 1- va 2-fanlar, test topşiradigan tili, test sinovi topşiradigan joyini kiritiş birinçi bosqiçda hujjat topşiriş uçun yetardi.

Kasbiy-ijodiy imtihon topşiradigan abituriyentlar esa yönaliş tanlaşi ham kerak. Sababi imtihon şu asosida ötadi. Bundan taşqari, bu yönalişdagi abituriyentlar özi kasbiy-ijodiy imtihon topşiradigan OTMni ham tanlaydi. Qayerda imtihon topşirgani abituriyentning öşa yerda öqişi şartligini anglatmaydi. Qayerda öqişlarini keyingi bosqiçda töplagan balliga qarab tanlaşadi.

Keyin iyul-avgust oyida imtihonlar bölib ötgaç töplagan balliga qarab öz imkoniyatlarini baholay oladi va keyin yönaliş tanlaşi mumkin böladi.

Ikkinçi bosqiçda hujjat topşirişga 15 kun vaqt beriladi. Bu paytda abituriyent 5 tagaça yönaliş, tanlov ustuvorligi, ta’lim şaklini tanlaydi. Qabul tugagaç, 1 haftadan söng yakuniy mandat e’lon qilinadi.

Sertifikat olişga ulgurmaganlar uçun yeçim bormi?

Bu yildan hujjat topşirişning oldinroq amalga oşirilişi abituriyentlar uçun noqulayliklar tuğdirişi mumkin. Sababi çet tilidan sertifikat oliş uçun iyun oyida imtihon topşiradiganlar bölişi mumkin. Masalan, iyun oyida IELTS imtihoni 13, 26 iyun sanalarida, iyulning boşida esa 6 iyulda ötkazilişi körsatilgan ekan. Abituriyentlar bu sanalarda ham hujjat topşiriş uçun röyxatdan ötgan bölişi mumkin, sababi ular qabul keçroq, 20 iyundan 20 iyulgaça bölişini hisobga olişgan. Lekin bu yil bu muddat özgaryapti va bunga abituriyentlar aybdor emas. Ular uçun qandaydir yeçim taklif qilinadimi?

Jamşid Odilovning javobiga köra, ularga qöşimça muddat berilişi haqida heç qanday reja qilinmagan. Sababi agar röyxatga oliş muddati uzaytiriladigan bölsa, mandat javobi çiqişi keçikib ketişi va yangi öquv yili boşlangungaça işlarni tugatişga ulgurib bölmasligi mumkin.