Vazirlar Mahkamasining "Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori qabul qilindi. 

Hujjat tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalaniş hamda siqilgan gazni avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari orqali (AGTKŞ) sotişni töliq raqamlaştirgan holda ulardan noqonuniy foydalaniş va baxtsiz hodisalarning oldini oliş  çora-tadbirlarini nazarda tutadi.

2024 yil 1 sentabrdan neft, gaz (şu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib oliş va qayta işlaş uçun litsenziya olişda körsatiladigan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solinadi.

Yangi AGTKŞ quriş uçun tabiiy gaz tarmoqlariga ulaniş böyiça texnik şartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga köra beriladi.

Lisenziya yoki ruxsatnoma oliş uçun quyidagi qöşimça hujjatlar taqdim etilişi kerak:

AGTKŞ orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatiş ustunlaridagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yuritiş imkonini beruvçi Davlat axborot tizimlarini yaratiş va qöllab-quvvatlaş böyiça yagona integrator UZINFOCOM MÇJ tomonidan işlab çiqilgan tizim örnatilganligini tasdiqlovçi hujjat;
Energetika vazirligining AGTKŞ orqali siqilgan gaz sotiş böyiça yangi litsenziya oliş  Vazirlar Mahkamasi bilan kelişuvini tasdiqlovçi taqdimnomasi.

Amaldagi lisenziatlar uçun UZINFOCOM avtomatlaştirilgan tizimlariga ulaniş talabi 2025 yil 1 yanvardan boşlab majburiy hisoblanadi.