Kuvayt neft korporatsiyasi (KNK) Fors körfazidagi Kuvaytning Faylaka oroli şarqida «juda katta» Al-Nohata neft konini topgani haqida xabar berdi. Uning zaxiralari mamlakatdagi butun qazib oliş hajmining uç yillik qiymatiga teng, dedi korporatsiya boş direktori şayx Navaf Saud Al-Sabah 14 iyul, yakşanba kuni X ijtimoiy tarmoğidagi KNK sahifasida joylaştirilgan videoda.

Al-Sabahning aytişiça, dastlabki hisob-kitoblarga köra, konda taxminan 2,1 milliard barrel neft va 5,1 trillion kub fut gaz bölişi mumkin, bu taxminan 3,2 milliard barrel neft ekvivalentiga teng. 

Quvayt dunyodagi eng yirik neft zaxiralariga ega. Neft eksport qiluvçi mamlakatlar taşkiloti (OPEK) ma’lumotlariga köra, 2022 yil yakunida uşbu körsatkiç böyiça u dunyoda oltinçi örinni egalladi va mamlakatning umumiy neft zaxiralari 100 milliard barreldan köproq yoki jahon umumiy zaxirasining 6,55 foizini taşkil etadi.