Joriy yilning 15 iyul kunidan e’tiboran Tailand hukumati 93 davlat, jumladan Özbekiston fuqarolari uçun, 60 kungaça vizasiz kiriş rejimini rasman joriy qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, muqaddam Tailandga fuqarolari vizasiz kirişi mumkin bölgan davlatlar soni 57 ta edi. Röyxatga yangi kiritilgan 36 ta davlat qatorida Xitoy, Hindiston, Qozoğiston va Özbekiston ham bor.
Yangi tartib barça çegara postlari orqali Tailandga taşrif buyuruvçilar uçun amal qiladi. Öz navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantiriş maqsadida bir tomonlama joriy etildi va ma’lum muddatdan söng bekor qilinişi ham mumkin.
Tailand TIV ma’lumotiga köra, Özbekiston va Tailand örtasida özaro vizadan ozod qiliş böyiça işlab çiqilayotgan hukumatlararo kelişuvlar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.
15 iyulga qadar Özbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQŞ dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olişlari mumkin edi.
Avvalroq Ömon Özbekiston fuqarolari uçun vizasiz rejimni joriy etgani xabar qilingandi.












