“UzAuto Motors” AJ tomonidan 2024 yil 8 iyul kuni ötkazilgan 1,3 mlrd sömlik davlat xaridida yaqin qarindoşlarga tegişli kompaniyalar iştirok etib, ğolib böldi.

Bu holatni Telegram'dagi “Revizor” kanalida berilgan xabardan söng örganib çiqqan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tasdiqladi.

Agentlikka köra, xarid komissiyasi “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonunning bir qator talablarini buzgan, şu sababli buyurtmaçiga xarid natijalarini bekor qiliş haqida taqdimnoma kiritilgan.

“Örganiş jarayonida töplangan hujjatlar aybdor şaxslarga qonuniy çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organga yuborildi”, deyiladi rasmiy axborotda.

UzAuto Motors izohiga köra, holat “Nexia 2” avtomobilining eşiklari uçun butlovçi qismlar xarid qiliş bilan boğliq bölgan. Kompaniya etender.uzex.uz platformasida tanlov ötkazilgani, lekin heç qaysi iştirokçi bilan şartnoma tuzilmaganini bildirdi.

“Revizor”ning yozişiça, tanlovga jami ikkita talabgor tijorat taklifini bildirgan bölib, xarid komissiyasining 8 iyul kungi bayonnomasiga muvofiq eng yaxşi taklifni aniqlaş orqali 1,3 mlrd söm narx taklifi bilan “Eko Tsem Komplekt Oborudovanie” MÇJ tanlaş ğolibi, “Eko Lit Metall” MÇJ esa zaxira ğolibi deb topilgan.

Oçiq manbalarga köra, zaxira ğolibi “Eko Lit Metall”ning rahbari va yagona ta’sisçisi hisoblanuvçi Mutalipov Anvarjon Abdurahim öğli – bir vaqtlar “Eko Tsem Komplekt Oborudovanie” MÇJning 50 foiz uluşiga egalik qilgan bölişi mumkin.

Tanlov ğolibi bölgan “Eko Tsem Komplekt Oborudovanie”ning yagona ta’sisçisi sifatida