Qoraözak, Taxiatoş, Uçquduq, Toşkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Ğozğon şahri hokimlari işdan olindi, 28 ta tuman-şahar hokimiga nisabatan intizomiy jazo çoralari körildi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda iqtisodiy ösiş sur’atlari böyiça videoselektorda ma’lum qilindi.

«Yutuqlarimiz haqida köp gapiriş mumkin. Dunyodagi oğir şaroitga qaramasdan barqaror iqtisodiy ösiş yölida aniq natijalarga erişyapmiz.

Buni Xalqaro valuta jamğarmasi, Jahon banki, hamkor davlatlar rahbarlari, reyting taşkilotlari, yirik investorlar ham e’tirof etyapti», dedi davlat rahbari.

Bunga munosib hissa qöşayotgan tarmoq, viloyat va tumanlarga, tadbirkorlarga alohida minnatdorlik bildirildi.

Şu bilan birga, faoliyatida tizimli kamçiliklarga yöl qöygan 28 ta tuman-şahar hokimiga nisbatan intizomiy jazo çoralarini köriş, Qoraözak, Taxiatoş, Uçquduq, Toşkent, Furqat, Gurlan, Mirzaobod, Yangiariq, Mingbuloq tumanlari, Ğozğon şahri hokimlarini işdan oliş böyiça Boş vazir A.Aripovning taklifi qöllab-quvvatlandi.

  • Qoraqalpoğistonning Qoraözak tumaniga 2020 yil noyabridan buyon Uzaqbergen Utambetov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Qoraqalpoğistonning Taxiatoş tumaniga 2023 yil aprelidan buyon Daniyar Kurbanov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Navoiy viloyatining Uçquduq tumaniga 2017 yil mayidan buyon Soli Hamroyev rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Toşkent viloyatining Toşkent tumaniga 2020 yil fevralidan buyon Odilxon Rustamov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Farğona viloyatining Furqat tumaniga 2021 yil aprelidan buyon Jahongir Jumanov rahbarlik qilib kelayotgandi;
  • Xorazm viloyati Gurlan tumaniga 2022 yil oktyabridan buyon Umrbek Jumaniyazov rahbarlik qilib