«Malayziya avialiniyalari» aviakompaniyasining MH17 reysi Donbass uzra urib tuşirilganining 10 yilligi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi yana bir bor Rossiyani fojia uçun javobgarlikni öz zimmasiga olişga va odil sudlovni amalga oşirişda töliq hamkorlik qilişga çaqirdi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning 16 iyul, seşanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.
2022 yilning noyabrida Haaga sudi uç kişini - rossiyalik Igor Girkin va Sergey Dubinskiy, Ukraina fuqarosi Leonid Xarçenkoni Malayziyaning Boeing 777 halokatiga aloqadorligi uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilganini eslatib, Borrel sud jarayonida taqdim etilgan dalillar «MH17 reysini urib tuşiriş uçun foydalanilgan «Buk» zenit-raketa majmuasi, şubhasiz, Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlariga tegişli ekanligini aniq körsatmoqda», deb ta’kidladi.
«Rossiyaning heç qanday dezinformatsion operatsiyasi e’tiborni sud tomonidan aniqlangan uşbu fundamental faktlardan çalğita olmaydi», dedi Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat va xavfsizlik böyiça oliy vakili bayonotida.
Ukraina osmonida halokatga uçragan Boeing 777 işi böyiça tergov
Malaysia Airlines aviakompaniyasining Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uçgan MH17 reysi 2014 yil 17 iyul kuni Ukraina şarqida mamlakat qurolli kuçlari va rossiyaparast ayirmaçilar örtasida harbiy amaliyotlar olib borilayotgan hududda urib tuşirilgan. Natijada 298 kişi halok böldi.
Fojiadan keyin tuzilgan xalqaro qöşma tergov guruhi (JIT) ekspertlari samolyot rossiyaparast kuçlar nazorati ostidagi hududda joylaşgan «Buk» tizimi tomonidan otilgan 9M38 seriyali raketasi bilan urib tuşirilgan degan xulosaga keldi. Tergovçilar «Buk» Ukraina hududiga Kursk yaqinida joylaşgan 53-Rossiya havo hujumidan mudofaa brigadasidan kirganiga va fojiadan köp ötmay, çegara orqali Rossiya hududiga qaytarilganiga işonçi komil.
MH17 işi böyiça Haaga sudining qarori
2022 yil noyabrida Haaga okrug sudi özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» sobiq «mudofaa vaziri» Igor Girkin (Strelkov), general-mayor Sergey Dubinskiy va Leonid Xarçenkoni fojiada aybdor deb topib, ularni sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, şuningdek, qurbonlarning qarindoşlariga jami 16 million yevro tölaşni buyurdi.
Rossiya Haaga sudining MH17 işi böyiça çiqargan hukmini siyosiy asosli, deb atadi.












