Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov 18−19 iyul kunlari davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi.

Qirğiziston rahbari matbuot xizmati xabariga köra, taşrif doirasida Qirğiziston rahbari prezident Şavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazadi. Tomonlar «özaro manfaatli barça sohalarda» hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Ikki davlat rahbarlari Qirğizistonning Özbekistondagi madaniyat kunlarining rasmiy oçiliş marosimida, şuningdek, amalga oşirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn işga tuşirilişida iştirok etadi.

Qirğiziston-Özbekiston biznes-forumi hamda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi taşkil etiladi.