Özbekiston Respublikasining “Xorijdagi vatandoşlarni qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi qonuni loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilindi.
Loyihada Özbekiston tomonidan xorijdagi vatandoşlarga kömaklaşiş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş nazarda tutilmoqda.
Loyihada xorijdagi vatandoşlarni qöllab-quvvatlaşning asosiy maqsadlari, asosiy yönalişlari, rağbatlantiriş usullari belgilanmoqda.
Jumladan, Özbekistonning xorijdagi vatandoşlarni qöllab-quvvatlaşning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari, istiqomat qilayotgan mamlakatning qonunlari va Özbekiston xalqaro şartnomalari asosida çet ellardagi vatandoşlarning huquq va erkinliklarini himoya qilişda yordam körsatiş;
- Özbekiston madaniy, ilmiy va ma’naviy merosini keng tarğib qiliş, uni dunyoda örganiş va ommalaştiriş, istiqomat qilayotgan mamlakatlarida özbek tilini, madaniyatini va an’analarini saqlab qoliş va rivojlantirişga qaratilgan vatandoşlarimizning faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularning Özbekistonda ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş;
- Özbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga va uning xorijiy mamlakatlar bilan özaro manfaatli va döstona munosabatlarini rivojlantirişga öz hissasini qöşişni istagan vatandoşlar va ular tomonidan tuzilgan taşkilotlar bilan aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaş;
- Özbekiston hududida vatandoşlarning kasbiy, şu jumladan, tadbirkorlik, sarmoyadorlik, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyatini amalga oşirişi uçun qulay huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy şart-şaroitlar yaratiş;
- Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, Özbekiston xalqaro obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlaşga vatandoşlar salohiyatini jalb qiliş.
Özbekiston madaniyat, ilm-fan, ta’lim va axborot sohalarida hamda iqtisodiy sohada xorijdagi vatandoşlar va ularning taşkilotlarini qöllab-quvvatlaydi, ular bilan hamkorlikda Özbekistonning boşqa xorijiy mamlakatlar bilan döstona aloqalarini mustahkamlaşga yönaltirilgan tadbirlarni taşkil qiladi.
Taklif etilayotgan loyihaning qabul qilinişi natijasida xorijdagi vatandoşlarni qöllab-quvvatlaş sohasidagi munosabatlar tartibga solinadi.












