Birinçi olti oyda mahalliylaştiriş dasturi doirasida işlab çiqariş 34 foizga ösdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham işlar bir xil emas. Bu haqda prezident raisligida ötgan videoselektor yiğilişida ma’lum qilindi.

Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar uluşi 78 foizni taşkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda özimizda bor mahsulotni import qiliş holatlari hanuzgaça davom etayotgani tanqid qilindi.

Şu bois mahalliylaştiriş böyiça işlar yangiça tizim asosida taşkil qilinadi. Har oyda eng köp import bölayotgan iste’mol tovarlari röyxati va hajmi tadbirkorlarga e’lon qilib boriladi. Raqobat qömitasi hudud va tarmoq kesimida örganib, bozorda yetişmayotgan mahsulotlar böyiça yangi quvvatlarni yaratiş va mavjudlarini kengaytiriş böyiça takliflarini beradi. Uşbu takliflar asosida aniq loyihalar paketi şakllantiriladi, ular 20 ta yirik tarmoq quvvatlarida yoki hududiy korxonalar bilan kooperatsiya asosida amalga oşiriladi.

Bu yangi tizimni joriy qiliş uçun Hukumatda mahalliylaştiriş böyiça alohida tuzilma taşkil qilinadi.

Umuman, joriy yilda 92 trillion sömlik mahsulotni mahalliylaştiriş zarurligi körsatib ötildi.