Litva Latviya ortidan Belarus davlat raqamlariga ega bölgan avtomobillarning mamlakatga kirişiga taqiq joriy qildi. Litva bojxona saytida 17 iyul, çorşanba kuni xabar qilinganidek, taqiq 18 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 00.00 da kuçga kiradi. Bu yengil avtomobillarga, ularning egasi yoki haydovçisi fuqaroligidan qat’i nazar, amal qiladi. Faqat diplomatik transport vositalari uçun istisno mavjud.
Litva hududida bölgan avtomobillar 2025 yil 18 yanvargaça olib çiqilişi yoki qayta röyxatdan ötkazilişi kerak. Avtomobil egalari buni qilmasa, jarimaga tortiladi va avtomobil musodara qilinadi.
Taqiq bir oydan keyin töliq kuçga kiradi
Litva bojxona qoidalariga köra, 16 avgustga qadar Belarus avtomobillari, agar ular sotiş uçun möljallanmagan bölsa va amaldagi vizasi yoki yaşaş uçun ruxsatnomasi bölgan belaruslarga tegişli bölsa, mamlakatga kirişi mumkin. Uşbu vaqtinçalik istisno yuridik şaxslarga taalluqli emas. 16 avgustdan keyin kiriş taqiqi töliq amal qiladi.
16 iyuldan boşlab Latviyada Belarusda röyxatdan ötgan avtomobillarning kirişiga taqiq joriy etildi. Riga bu qarorini YeI tomonidan Rossiya va Belarusga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni çetlab ötiş xavfini kamaytiriş zarurati bilan izohladi.












