2024 yilda sayyohlar uçun dunyodagi eng xavfli şaharlar aniqlandi. Forbes Advisor reytingiga köra, Venesuela, Pokiston va Myanma şaharlari xalqaro sayohatçilar uçun eng xavfli yönalişlar deb topildi.
Tadqiqotda sayohat xavfsizligi reytingini işlab çiqiş uçun quyidagi omillar hisobga olingan: jinoyatçilik, şaxsiy xavfsizlik, soğliqni saqlaş, infratuzilma, tabiiy ofatlar va raqamli xavfsizlik. Şaharlar sayyohlar uçun umumiy xavfni körsatiş maqsadida 100 balli şkala böyiça baholangan.
Tadqiqotga köra, sayohatçilar uçun eng xavfli şahar Venesuela poytaxti Karakas hisoblanadi. Bu xavflilik darajasi böyiça 100 ball olgan yagona şahardir. Buyuk Britaniya Taşqi işlar, Hamdöstlik va taraqqiyot idorasi (FCDO) Venesuelaning ayrim hududlariga sayohat qilişdan mutlaqo voz keçişni maslahat beradi.
Röyxatdagi keyingi şahar Karaçi (Pokiston) böldi. U mintaqadagi terrorçilik xavfi tufayli sayyohlar uçun ikkinçi eng xavfli şahar deb topildi.
Uçinçi örinni Myanmaning Yangon şahri egalladi. Uşbu şahar 91,67 ball oldi va şaxsiy ma’lumotlarni öğirlaş, tabiiy ofatlar va soğliqni saqlaş xizmatlarining sifatsizligi xavfi yuqori ekanligini körsatdi.
Şu bilan birga, Singapur sayohatçilar uçun eng xavfsiz şahar deb topildi. Bu mamlakat tabiiy ofatlar xavfi pastligi, salomatlik xavfsizligi va infratuzilma tahdidlari yöqligi uçun 0 ball oldi.
Ikkinçi eng xavfsiz şahar Tokio (Yaponiya), uçinçi örinni Kanadaning Toronto şahri egalladi.
Sayyohlar uçun eng xavfli 10 ta şahar reytingi:
- Karakas, Venesuela - 100 ball;
- Karaçi, Pokiston - 93,12 ball;
- Yangon, Myanma - 91,67 ball;
- Lagos, Nigeriya - 91,54 ball;
- Manila, Filippin - 91,49 ball;
- Dakka, Bangladeş - 89,5 ball;
- Bogota, Kolumbiya - 86,7 ball;
- Qohira, Misr – 83,44 ball;

















