Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudida Baxtiyor Qudratullayev va boşqa sudlanuvçilarga sud hukmi öqildi.

53 yoşli Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.

Şuningdek, u öta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni ötaş davrida giyohvandlikdan davolanişi ham belgilangan.

Sud hukmi bilan Baxtiyor Qudratullayevning öğli Ixtiyor Qudratullayev 9 yil, ikkinçi öğli Bekzod Zafarov 11 yilga, akasi Şuhrat Qudratullayev esa 10 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga tortildi.

Şuhrat Qudratullayev ham öta xavfli retsidivist deb topildi hamda jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaş belgilandi.

Sudlanuvçilar orasida yagona ayol bölgan Nargiza Jumaniyozovaga 4 yil 4 oy 24 kunga ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlandi.