36 million rubl miqdorida pora olganlikda ayblanayotgan Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliğining sobiq örinbosari, general-leytenant Vadim Şamarin öz aybini qisman tan oldi. Bu haqda 19 iyul, jumaga ötar keçasi «Kommersant» gazetasi yozdi.
Naşrning ta’kidlaşiça, «general «Permskiy telefonnyy zavod «Telta» OAJ vakillaridan 19 million rubl olganini inkor etmadi, lekin yana 17 million rubl qabul qilganini rad etdi». «Kommersant» deb yozişiça, sud Şamarinni 22 oktyabrgaça tergov hibsxonasida qoldirdi.
General Vadim Şamarin işi
Vadim Şamarin may oyining oxirida hibsga olingan. Yirik miqdorda pora oliş moddasiga köra, unga 8 yildan 15 yilgaça qamoq jazosi tayinlanişi mumkin.
General Şamarin Rossiya Qurolli kuçlarida 24 yil xizmat qilgan va Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnaşgan. Uning mukofotlari orasida Rossiyaning eng yuqori ordenlaridan biri - 2-darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uçun» unvoni bor. «Kommersant» eslaşiça, hibsga olinganidan köp ötmay Şamarin öz lavozimidan çetlaştirilgan, biroq Mudofaa vazirligidan böşatilmagan, balki ştabdan çiqarilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarlariga nisbatan jinoiy işlar
Joriy yilning bahoridan beri Rossiya Mudofaa vazirligi rahbarlariga qarşi bir neçta jinoiy iş qözğatilganligi ma’lum böldi. Aprel oyi oxirida Moskvada mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanov pora olganlikda ayblanib hibsga taşlangan edi.
May oyida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining kadrlar bölimi boşliği Yuriy Kuznetsov qölga olindi. U ham pora olişda ayblanmoqda. Bundan taşqari, Rossiya Mudofaa vazirligini tanqid qilgan 58-armiyaning sobiq qömondoni Ivan Popov hibsda. U firibgarlikda ayblanmoqda.
2020 yilda Boş ştab boşliğining sobiq örinbosari, general-polkovnik Halil Arslonov qurolli kuçlarni texnika bilan ta’minlaşda firibgarlik va korrupsiya işi böyiça qölga olingan edi. U firibgarlik va pora olişda ayblangan.












