Toşkent viloyatining Qibray tumanida öz farzandini sotmoqçi bölgan 35 yoşli ayolga sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Hukmda keltirilişiça, 1989 yilda tuğilgan Z.A.ning 2011 yilda tuğilgan öğli va 2014 yilda tuğilgan qiz farzandi bölgan. Turmuşidan ajralgan ayol ijara asosida Çirçiq şahrida yaşab kelgan.

Ayol 2024 yil 29 mart kuni özining yaşaş xonadonida 2014 yilda tuğilgan qiz farzandini 2 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, şundan 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida tezkor tadbirda uşlangan.

Ayol sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirib, bu işga farzandlarini boqişga qiynalgani sababli qöl urganini aytgan.

“Öğlim nogiron, oilada yolğiz boquvçiman. Farzandlarimni internet tarmoğida va Toşkent şahridagi Çorsu bozorida kiyim-keçak sotiş orqali boqib kelganman. Özim qandli diabet kasalligiga çalinganman. Şuningdek, buyragining ham bir qismi işlamaydi. Şu sababli, oğir mehnat bilan şuğullana olmayman.

Farzandlarimni boqişga qiynalganim tufayli qizimni farzandga muhtoj, öziga töq oilaga berişni rejalaştirgandim. Uni sotiş maqsadim bölmagan”, degan ayol. U qilmişidan puşaymonligini aytib, suddan öziga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan yengil jazo tayinlaşni söragan.

Ammo ayolning qilmişi guvohlar va boşqa dalillar bilan töliq öz isbotini topgan.

Jinoyat işlari böyiça Qibray tuman sudining 2024 yil 26 iyundagi hukmi bilan Z.A. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Oldinroq Samarqandda 3 yoşli qizini sotmoqçi bölgan ayol 6 yilga qamalgandi.