«Men Donald Tramp bilan suhbatlaşdim, uni Respublikaçilar partiyasidan (AQŞ prezidentligiga) nomzod sifatida tabrikladim va Pensilvaniyadagi dahşatli suiqasdni qoraladim», deb yozdi 20 iyul, şanbaga ötar keçasi AQŞ sobiq prezidenti bilan telefon orqali suhbatdan söng Ukraina davlati rahbari Volodimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.

Zelenskiy, şuningdek, u ikki asosiy Amerika partiyasi va Amerika Kongressi ikki palatasining Ukraina «erkinligi va mustaqilligini himoya qiliş» uçun «hayotiy» yordami hamda Rossiyaning Ukraina şaharlari va qişloqlariga davom etayotgan zarbalari haqida gapirganini aytdi. Zelenskiyning sözlariga köra, suhbat çoğida tomonlar «şaxsiy uçraşuvda qanday qadamlar tinçlikni adolatli va çinakam mustahkam qilişi mumkinligini muhokama etişga» kelişib olgan. Şu bilan birga, post matnida Zelenskiy Trampni sobiq emas, balki prezident deb atagan. 

Donald Tramp Ukraina rahbari bilan suhbati haqida özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozdi. U suhbatni «juda yaxşi» deb atadi va u bilan boğlangani uçun Zelenskiyga minnatdorçilik bildirdi. AQŞ sobiq prezidenti saylovlarda ğalaba qozongaç, Ukrainadagi uruşga çek qöyişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. «Ikkala tomon ham birlaşib, zöravonlikka çek qöyadigan va farovonlik yölini yaratuvçi kelişuvni muhokama qilişi mumkin», — deb yozgan Tramp. 

Trampning Ukrainadagi uruşni tugatiş rejasi 

Iyul boşida The Washington Post gazetasi Trampning Kiyevga Qrim va Rossiyaga qöşib olingan Donbassni berişi uçun bosim ötkaziş niyati haqida yozgan edi. Naşr yozişiça, AQŞ sobiq prezidentining maslahatçilari tinçlik muzokaralarini Kiyevga Amerika qurollari yetkazib beriş bilan boğlaşni taklif qilgan. Volodimir Zelenskiy Trampni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini 24 soat içida tugatiş rejasi bilan bölişişga çaqirdi.

«Agar Tramp bu uruşni qanday tugatişni bilsa, bu haqda bizga bugun aytib berişi kerak, - dedi Ukraina prezidenti Bloomberğga bergan intervyusida. - Agar Ukraina mustaqilligi uçun xavflar bölsa, davlatçiligimizni yöqotsak, biz bunga tayyor bölişni xohlaymiz, biz buni bilişni xohlaymiz». Şu bilan birga, Zelenskiy Tramp va uning jamoasi bilan ularning takliflarini tinglaş uçun uçraşişga «potensial tayyor» ekanligini aytdi: «Biz noyabr oyida AQŞ tomonidan kuçli yordamga ega bölamizmi yoki butunlay yolğiz qolamizmi, tuşunmoqçimiz».