19 iyun, juma kuni köplab mamlakatlarda Windows 10 operatsion tizimidagi global nosozlik tufayli aeroportlar, vokzallar, banklar, supermarketlar, telekanallar va davlat idoralari işi töxtatildi.
Berlin aeroportida barça keliş va ketişlar bir neça soatga töxtatildi. Eurowings yölovçilarni uzoq keçikişlar haqida ogohlantirdi. KLM öz faoliyatini butunlay töxtatdi. Şveytsariyaning Swiss şirkati bu unga ta’sir qilmaganini aytdi, biroq hamkor kompaniyalar bilan boğliq muammolar tufayli parvozlar keçiktirildi.
Keng tarqalgan nosozlik
Umuman olganda, uzilişlar AQŞ, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Hindiston, Hongkong, Turkiya, Isroil, JAR, Britaniya va boşqa Yevropa mamlakatlaridagi kompaniyalarga ta’sir körsatdi. London fond birjasi yangiliklar çop etişni töxtatdi. Britaniyaning Sky News telekanali va boşqa bir qança mamlakatlardagi telekanallar efirga çiqa olmadi. Gadjetlarda kök ekran paydo böldi: "Kompyuteringizga zarar yetkazmaslik uçun Windows töxtatildi", deb xabar beradi Sky News.
Amerikaning Microsoft korporatsiyasi Windows 10 operatsion tizimi CrowdStrike antivirus yangilanişidagi xato tufayli işdan çiqqani haqida xabar berdi. Kompaniyaning ta’kidlaşiça, bu kiberhujum emas va hozirdanoq "oqibatlarni yumşatiş çoralari" körilmoqda. CrowdStrike xatolik Windows yangilanişlarini yuboriş bilan boğliqligini tasdiqladi. Boş direktor Jorj Kurs şunday dedi: "Muammo aniqlandi, ajratildi va tuzatildi. Biz mijozlarni sönggi yangilanişlar uçun qöllab-quvvatlaş portaliga yönaltirmoqdamiz va veb-saytimizda töliq, doimiy yangilanişlarni taqdim etişda davom etamiz. Bizning jamoamiz CrowdStrike mijozlarining xavfsizligi va barqarorligi uçun safarbar etilgan".
Rossiya Raqamli rivojlaniş vazirligi global uzilişlar fonida mamlakat aeroportlarida texnik nosozliklar haqida heç qanday xabar olmaganini aytdi. "Maykrosoft" bilan boğliq vaziyat, birinçi navbatda, muhim axborot infratuzilmasi obektlarida xorijiy dasturiy ta’minot importi örnini bosiş muhimligini yana bir bor körsatmoqda", - deya ta’kidladi Raqamli rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati. Moskvaning "Domodedovo" aeroporti nosozlik unga ta’sir qilmaganini tasdiqladi.

















