Bruklin şahrida (Nyu York) Özbekistondan bölgan 24 yoşli şaxs oilaning tört nafar a’zosi — öz onasi, akasining rafiqasi va ularning kiçik yoşli farzandlarini öldirişda gumonlanib qölga olindi, deya xabar bermoqda CBS telekanali.
Qurbonlar Mavluda Fayziyeva (56 yoş), Maftuna Hakimova (27 yoş), şuningdek, Kamila Şavkatova (5 yoş) va Timur Şavkatov (4 yoş) ekani aniqlangan. Gumonlanuvçining akasi politsiyaga qönğiroq qilgan.
The New York Post naşri yozişiça, gumondor böynidan piçoq tortilgan onasining jasadini adyolga örab qöygan, bolalarning jasadlarini esa kiyimlar savatiga solib, şkafga yaşirgan. Bolalarning onasi ham tiğ bilan yetkazilgan jarohatlar bilan uy yaqinida topilgan.
Aybdorlik hissi qiynayotgan qöşnilardan birining aytişiça, öşa tunda bolalar «Mama» va «Mom» deya baqirgani eşitilgan. «Men nega darhol politsiya çaqirmadim? Nima uçun eşikka yaqin bormadim? Ammo men eşikka borganimda u yerda jasadlar beşta bölardi» deydi öz şaxsini oçiqlamagan qöşnilardan biri.
Özini Pol deb taniştirgan guvohlardan biri köçada turganida gumonlanuvçi binodan çiqib ketganini körganini aytadi.
Ma’lum vaqt ötib bolalarning otasi uning ortidan çiqqan va qöşnilardan «mening oilamni körmadingizmi» deb söragan.
«U çopib çiqdi va dedi: mening onam polda yotibdi, qon köp. Oilam yöqoldi», deya eslaydi guvohlar.
Ota 911 xizmatiga qönğiroq qilgan va detektivlar kelgaç, ular bilan birgalikda kvartiraga kirgan.
Köp ötmay gumonlanuvçi qaytib kelgan. «Men aybsizman. Meni hibsga oling. Bu men emasdim», deya uning sözlarini eslaydi Pol.
Uning qölini kişanlagan holda olib ketişgan. Yakşanba kuni unga ayblov e’lon qilinişi kutilmoqda.
The New York Post naşri gumonlanuvçi ruhiy kasal bölişi mumkinligi haqida yozgan. Qöşnilar uni tanişgan, biroq oila uni köçaga tez-tez çiqişiga ruxsat bermagan.
«U qörqinçli edi. Men undan uzoqroq yurardim. U yirik gavdali, tajovuzkor, jahldor buldogniki kabi köz qaraşiga ega odam edi», deydi Pol.












