Özbekiston böylab hafta davomida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, deb xabar berdi «Özgidromet». Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğib, momaqaldiroq bölişi mumkin. 

Duşanba va seşanba kunlari havo harorati +36...+39 daraja, janubiy va çöl zonasida +40...+41 darajagaça issiq böladi. 

Çorşanbadan jumagaça issiqlik 2-3 darajagaça oşişi kutilmoqda: kunduzi havo +38...+41 darajagaça, janubiy va çöl zonasida +42...+43 darajagaça isişi mumkin.

Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayişi mumkin, çang-tözonlar kuzatilişi ehtimoli bor.

Toşkentda 22—25 iyul kunlari havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik bölmaydi. Juma kuni havo harorati +39…+41 darajagaça kötariladi.