19 iyul kuni Senatning Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi majlisi bölib ötdi.
Unda «Ijtimoiy xizmatlar va yordam körsatiş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Uşbu qonun bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etiş uçun nafaqani beriş vazifasini yuklaş, xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi vakolatlarini belgilaş, şuningdek fuqarolik işlari böyiça sudlarga va ma’muriy sudlarga murojaat qilişda davlat bojini tölaşdan ozod etişga taalluqli özgartirişlar kiritilmoqda.
Bundan taşqari, özgalarning parvarişiga muhtoj bölgan 80 yoşga tölgan keksalarga qarab turilgan vaqt iş stajiga qöşib hisoblanişi uçun davolaş muassasasining xulosasi talab etilmasligi belgilanmoqda.
Şuningdek, «Davlat boji töğrisida»gi Qonunga özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar, yolğiz yaşovçi keksalar va nogironligi bölgan şaxslar yöqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan Özbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovçi ID-kartasini yoki biometrik pasportini almaştirişda davlat bojini tölaşdan ozod qilinişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.
Senatorlarning fikriça, Qonun aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, ularni joriy etiş mexanizmlarini takomillaştiriş, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat körsatiş kölami va turlarini kengaytiriş, jamiyatda aholiga ijtimoiy xizmat va yordam körsatişda muammo va tösiqlarni bartaraf etişga nisbatan murosasizlik munosabatini şakllantiriş, inson huquqlari hamda ularning qonuniy manfaatlarini işonçli tarzda huquqiy muhofaza va himoya qilişga, huquqiy mexanizmlarni milliy qonunçiligimizda mustahkamlaşga xizmat qiladi.












