Avvalroq madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Kingsman Uzbekistan kiyimlar dökoni reklama roligida köriniş bergani, uşbu holat böyiça raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi tomonidan örganiş işlari olib borilayotgani xabar qilingandi.

Qömita bergan qöşimça axborotga köra, maxsus komissiya tomonidan tegişli tartibda iş qözğatilgan. Natijada Kingsman Uzbekistan brendi ostida faoliyat körsatuvçi “Boutique” MÇJ “Reklama töğrisida”gi qonunning 16-moddasini buzgan deb topilgan.

Uşbu moddaga asosan, reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor şaxslari tomonidan ma’qullanganini körsatiş böyiça taqiq örnatilgan.

“Natijada, uşbu korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllaş haqida qaror qabul qilindi va qonunbuzilişi holatini bartaraf etiş va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan körsatma berildi”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lum qilinişiça, uşbu reklamadagi iştiroki tufayli madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov aybdor emas.

“Maxsus komissiya tomonidan işni körib çiqiş jarayonida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning reklamada iştirokida reklama beruvçi, reklama tayyorlovçi yoki reklama tarqatuvçi sifatidagi alomatlar aniqlanmadi. Ozodbek Nazarbekov tomonidan reklamani öz şaxsiy ijtimoiy tarmoqlari va boşqa rasmiy tarmoqlar orqali tarqatmagani tufayli “Reklama töğrisida”gi qonuniga asosan, reklamaning aylanişi sohasidagi iştirokçisi sifatida baholanmaydi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq madaniyat vazirligi holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, Nazarbekovning reklamadan heç qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf oliş maqsadi közlanmaganini ma’lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, Raqobat qömitasi reklama qonunçiligini buzgani uçun “Korzinka” supermarketlar tarmoği va Ipotekabankka iş qözğatilganini ma’lum qilgandi. Qömitaning maxsus komissiyasi ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllaş töğrisida qaror qabul