CrowdStrike global uzilişdan zarar körgan 8,5 million Windows operatsion tizimi boşqaruvidagi qurilmalarning «muhim qismi qayta işlayotganini» bildirdi. «Biz mijozlarimiz bilan birgalikda zarar körgan tizimlarni tiklaşni tezlaştiriş uçun yangi texnikani sinovdan ötkazdik. Hozir uşbu texnikani joriy qiliş jarayonidamiz. Har daqiqada muvaffaqiyatga erişmoqdamiz», deyiladi CrowdStrike xabarida.

Antivirus işlab çiquvçi kompaniya yana bir bor «uziliş uçun» uzr söradi va uning maqsadi «barça tizimlarni imkon qadar tezroq tiklaş» ekanligini bildirdi. 

Windows işidagi global nosozlikdan söng vaziyat normallaşmoqda

Köpgina mamlakatlarda aviakompaniyalar, şifoxonalar va televideniye işida uzilişlarga olib kelgan Microsoft Windows tizimidagi yirik nosozlikdan söng vaziyat asta-sekin barqarorlaşmoqda. «Köp sohalarda vaziyat normallaşmoqda, biroq köplab kompaniyalar hali ham muammolarni bartaraf etişmoqda», deb xabar berdi Germaniyaning Axborot xavfsizligi federal boşqarmasi (BSI). Amerika Qöşma Ştatlarida, şuningdek, Osiyoning köplab mamlakatlarida havo qatnovi qayta tiklandi. Berlin aeroporti yana muammosiz işlamoqda. 

19 iyun kuni köplab mamlakatlarda Windows 10 operatsion tizimidagi global nosozlik tufayli aeroportlar, vokzallar, banklar, supermarketlar, telekanallar va davlat idoralari işi töxtatildi.

CrowdStrike antivirusini yangilaşda xatolik tufayli yuzaga kelgan Windows operatsion tizimining keng miqyosli nosozligi uşbu dasturiy ta’minot bilan işlaydigan 8,5 million qurilmaga ta’sir qildi. Microsoft bu ma’lumotlarni öz blogida taqdim etdi. Gap Windows operatsion tizimida işlaydigan barça qurilmalarning bir foizdan kamroği haqida ketmoqda, deb ta’kidladi operatsion tizim işlab çiqaruvçisi.

Umuman olganda, uzilişlar AQŞ, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Hindiston, Hongkong, Turkiya, Isroil, JAR, Britaniya va boşqa Yevropa mamlakatlaridagi kompaniyalarga ta’sir körsatdi. London fond birjasi yangiliklar çop etişni töxtatdi. Britaniyaning Sky News telekanali va boşqa bir qança mamlakatlardagi telekanallar efirga çiqa olmadi. Gadjetlarda kök ekran paydo böldi: "Kompyuteringizga zarar yetkazmaslik uçun Windows töxtatildi", deb xabar beradi Sky News.