Davlat qabul komissiyasi tegişli bayoni bilan 2024-2025 öquv yili uçun davlat oliy ta’lim muassasalariga minimal ötiş ballari tasdiqlandi.

Unga köra:

  • davlat granti böyiça minimal ötiş balli – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36 foizi);
  • tölov-kontrakt böyiça minimal ötiş balli – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30 foizi) etib belgilandi.

Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uçun tanlovda iştirok etmaydi.

Bundan avvalroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov «Özbekiston 24» telekanalida joriy yildan minimal ball oşirilişi haqida aytib ötgandi.

Vazirning sözlariga köra, 2024-2025 öquv yili uçun ötiş ballari quyidagiça belgilanişi közla tutilgandi:

  • soğliqni saqlaş, huquq, biznes va boşqaruv yönalişlari uçun – 75,6 ball;
  • boşqa yönalişlar uçun – 66,5 ball.