Jamiyat | 11:44 / 28.07.2024
5405
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekgidroenergo” AJ kredit reytingini O‘zbekiston ishlab chiqaruvchi tashkilotlari orasida TOP uchlikka kiruvchi kredit reytingida saqlab qoldi

 “O‘zbekgidroenergo” AJ joriy 2024 yilda ham jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligining “BB-” barqaror darajadagi xalqaro kredit reytingini saqlab qoldi.

Foto: O‘zbekgidroenergo

Ma’lumki, joriy yilda berilgan reyting o‘tgan yilning moliyaviy tahlili natijalari, ya’ni 2023 yilning natijalari sarhisobiga berilgan baho hisoblanadi. Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari mustahkam o‘sib borayotganiga, balki biznes strategiyasining samaradorligiga ham amin bo‘ldi.

Jamiyat kredit reytingini bir necha yillardan buyon barqaror darajada saqlab kelayotgani nafaqat uning  investitsion muhiti jozibadorligi va boshqaruvdagi samaradorligiga bog‘liq, balki jamiyatning kredit yelkasini, (target laverage) ya’ni Jamiyatning qarzdorlik (kredit)larini soliq, foiz va eskirish xarajatlarigacha bo‘lgan sof foydaga nisbati kerakli darajada bo‘lganligi ham inobatga olingan. Ushbu ko‘rsatgich hozirgi kunda 2.5x darajada ekanligi kredit reytingini saqlab turishda asosiy manba ekanini ta’kidlash joiz.

Mazkur reyting darajasi, “O‘zbekgidroenergo” AJni jahonning mashhur investorlar bozorlariga aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy hisobotlariga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega birinchi o‘zbek ishlab chiqaruvchi korxonasi sifatida tanitib bormoqda. Mazkur reyting, kelgusida “O‘zbekgidroenergo” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qiladi hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilish imkoniyatini beradi.

Hozirda “O‘zbekgidroenergo” AJ to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya mablag‘larini jalb qilish, ya’ni davlat kafolatisiz kredit shartnomalar tuzish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasining Bank of China va CITIC banklari bilan hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining xalqaro taraqqiyot agentligi “USAID”ning grant mablag‘larini jalb qilish uchun muzokaralar olib bormoqda.

“O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid