Samarqand şahrida yana bola ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH 23 iyul kuni soat 14:00lar atrofida şaharning «Saxovat» MFY hududidan ötuvçi içki yölda sodir bölgan. Labo maşinasini boşqarib borayotgan haydovçi yölning qatnov qismida velosipedda harakatlanib kelayotgan 9 yoşli bolani urib, bosib ötgan. Buning oqibatida bola oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ammo körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u vafot etgan.

«Bola velosiped bilan kelib, birdan oldimdan çiqib qoldi, körmay qoldim uning kelayotganini. Haydovçilar va velosipedçilardan huşyor bölişlarini sörab qolardim. Qilgan işimdan puşaymonman, ikkinçi qaytarilmaydi», - degan haydovçi.

IIB xodimining sözlariga köra, YTH voyaga yetmagan velosipedçi qarovsiz köçaga çiqqani va haydovçining e’tiborsizligi oqibatida sodir bölgan. Hozirda tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Oldinroq Samarqandda 7 yoşli bola Nexia urib ketişi oqibatida vafot etgandi.