Roppa-rosa 110 yil muqaddam, 1914 yil 28 iyulida, Birinçi jahon uruşi boşlangandi. Yevropada Ikkinçi jahon uruşini emas, aynan öşa uruşni buyuk uruş deb ataşadi. Rossiya hukumati vakillari Ukrainaga bosqinni muhokama qilişda Ikkinçi jahon uruşi davridagi voqealar bilan taqqoslar qilişni xuş körişadi, ammo tarixçilar va harbiy ekspertlar Rossiya-Ukraina mojarosi rivojida köproq Birinçi jahon uruşi frontlaridagi voqealar bilan öxşaşliklarni körişadi. Qaysidir ma’noda, orasini butun bir asr ajratib turgan ikki uruş haqiqatan ham öxşaşib ketadi: ularning ikkisi ham — öz taşabbuskorlari ritorikasida «mudofaa xarakteridagi uruş» deb ataladi, harbiy harakatlar köpga çözilgan, xandaqlar qazilgan va haddan taşqari qonli. «Meduza» Birinçi jahon uruşi davriga oid fotosuratlarni jamladi — ular XX asr boşida dunyo qanday qilib imkonsiz bölib tuyulgan ğayriinsoniy va sovuq qonli uruşga töqnaşgani haqida.

Ğarbiy frontdagi yönalişlardan birida snaryad hosil qilgan va yomğir suvi bilan tölgan öra yonidan ötayotgan britaniyalik harbiylar (s’yomka vaqti noma’lum)
Hulton-Deutsch Collection / Corbis / Getty Images
Wikimedia Commons

Avstriya ersgersogi Frans Ferdinand Bosniya serblaridan bölgan, «Mlada Bosna» («Yoş Bosniya») inqilobiy harakati a’zosi Gavrilo Prinsip tomonidan öldirilişi Birinçi jahon uruşi boşlanişi uçun bahona (sabablar ança murakkabroq edi) bölgandi. Bu hodisa 1914 yil 28 iyun kuni Sarayevoda röy beradi. Avstriya-Vengeriya taxti vorisi Ferdinand markazi Avstriya, Vengriya va slavyan yerlaridan markazi Vena böladigan federatsiya tuzmoqçi edi. «Mlada Bosna» janubiy slavyan xalqlari bir davlat — Buyuk Serbiyaga birlaşişi tarafdori edi. Mazkur fotosuratda 1914 yil 5 iyul kungi qölga oliş jarayoni aks etgan — ammo, bugungi kunga kelib tarixçilar taxmin qilişiça, öşanda Prinsip emas, tasodifiy ötkinçi uşlangan. Nima bölganda ham, bu kadrdan Avstriya-Vengriyada propaganda maqsadlarida keng foydalanilgan. 

Bettman / Getty Images

Rossiya imperiyasi Birinçi jahon uruşi boşlanişida muhim rol öynagan. Iyul inqirozi çoğida, hali Yevropa mojaroni diplomatik yöl bilan hal qilişga urinayotganida, 1914 yil 26 iyul kuni, Nikolay II maxfiy tarzda safarbarlik boşlaydi — «uruş davriga tayyorgarlik»ni. Öşa vaqtda Serbiya hali Avstriya qöygan ultimatumni rad etmagandi ham. Rossiyada yalpi safarbarlik 29 iyul kuni e’lon qilinadi — öşa kuni german kayzeri Vilgelm Nikolay II ga yöllagan telegrammasida tinçlik yoki uruş foydasiga yakuniy qaror qabul qilinişi uçun mas’uliyatni Rossiya imperatori zimmasiga yuklaydi. 1 avgust kuni Germaniya Rossiyaga uruş e’lon qiladi. Fotosuratda — Rossiya imperiyasining Birinçi jahon uruşiga kirişini qöllab-quvvatlab ötkazilgan aksiya (sanasi aniq emas).