Özbekistonda 2022 yildan boşlab iqtidorli yoşlarni izlab topiş, ularni qöllab-quvvatlaş va ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb etiş maqsadida “Mirzo Uluğbek vorislari” tanlovi ötkazib kelinadi.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan tanlov nizomiga köra, jarayon 3 bosqiç: tuman/şahar, viloyatlar va respublika miqyosida ötadi. Iştirokçilar dastlab tanlov uçun röyxatdan ötişi, keyin IQ testdan 110 balldan past bölmagan körsatkiçni olişi va aniq bir ğoya yoki loyihasi bilan taqdimot ötkazişi kerak.

Şu talablarga javob bergan, tuman va şaharlar kesimida ğolib deb topilgan 100 ga yaqin farğonalik yoşlar Kun.uz'ga murojaat qildi. Unga köra, tuman va viloyatlarning tanlovi mart-aprel oylarida yakunlangan. Hozir esa iyul oyi tugayapti, ularga haligaça sertifikatdan boşqa heç narsa berilmagan, tanlov nizomida körsatilgan bir martalik mukofot pulidan darak yöq.

“Farğonaning Marğilon şahridanman. 14 mart kuni şahar tanlovida iştirok etib, ğoliblik sertifikatini olganman. 4 oydan oşyapti, hali mukofot pulimizni olganimiz yöq. Qança kutiş kerak yana? “Hokimlik pul ajrtişi bilan beramiz, pul yöq”, deyişyapti.

Farğonada har çorşanba – viloyat hokimligi qabul kuni. 3 iyul kuni qabulga bordim, vaziyatni aytdim. Xabar berişlarini aytişdi, öşandan 1 hafta ötdiki, xabar qilişmadi.

Namangan, Qaşqadaryo, Andijon, Toşkent viloyatlari mukofot pullarini olgan xolos. Qolgan hamma joyda şu muammo dolzarbligiça qolyapti”, – deydi Gulnozaxon Qozixonova.

Viloyatning Toşloq tumanidan bölgan Asliddin Rahmatjonovning aytişiça, va’da qilingan pullar faqat respublika darajasida ötgan tanlov ğoliblariga qoplab berilgan, avvalgi ikki bosqiçda esa berilmagan.

“Tuman, şaharlardagi hokimliklarga bir neça bor Telegram'dagi murojaatlar uçun oçilgan guruhlarga yozsak ham javob kelmadi, ba’zi bir tuman, şahar hokimlarining öziga ham murojaat qilingan, lekin natija yöq. Viloyat hokimligini aytmasa ham böladi, çunki ularga bu haqda oğzaki murojaat qilganimizda bunday tanlovdan xabarlari yöqligini, murojaatni yiğilişda körib çiqib, natijasi haqida bizga xabar berişlarini aytişgandi. Öşa-öşa natija yöq.

Bu tanlovda qatnaşgan yoşlar birgina Farğona viloyatida 95 nafar. Ularga va’da qilingan bir martalik pul mukofotini bermasdan, çözib yurgan amaldorlar, iltimos, yoşlarga va’da qilingan pul mablağlarini vaqtida berişingizni sörayman”, –