Rossiya mudofaa vazirining sobiq örinbosari Dmitriy Bulgakov hibsga olingan davlat mablağlarini talon-toroj qiliş böyiça jinoiy işda yetkazilgan zarar bir milliard rubldan ortiqni taşkil qiladi. Bu haqda 29 iyul, duşanba kuni Moskva şahar sudida bölib ötgan sud majlisi yakunlari böyiça ma’lum böldi.

Tergov ma’lumotlariga köra, general Lipetsk viloyatidagi Gryazinskiy oziq-ovqat kombinati rahbariyati bilan til biriktirgan. Uning uç egasi ham hibsga olingan va xuddi şu iş böyiça ayblanmoqda - Aleksandr Mixalenko, Valeriy Kovaleviç va Elvira Smirnova. «Tergovning fikriça, Mixalenko Rossiya Qurolli kuçlariga 9 million dona ovqat porsiyasini oşirilgan narxda yetkazib bergan», - dedi sudya.

Tergovçilarning fikriga köra, Bulgakov davrida qöşinlarni yuqori narxlarda past sifatli ovqat bilan ta’minlaş tizimi yaratilgan. Misol uçun, mol göşti tovuq göşti bilan almaştirilgan va ularning kaloriya miqdori kamaygan. Ukrainadagi frontga sifatsiz mahsulotlar ham yetkazib berilgan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyatiga qarşi jinoiy işlar 

Dmitriy Bulgakov 2008 yildan 2022 yilgaça Rossiya mudofaa vaziri örinbosari lavozimida işlagan. Vazirlikda u logistika masalalariga mas’ul edi. 2022 yil sentabr oyida safarbarlik e’lon qilingandan söng, Bulgakov öz lavozimidan çetlaştirildi va uning örniga general-polkovnik Mixail Mizinsev keldi. Iste’foga çiqqan paytda Bulgakov Anatoliy Serdyukov tomonidan tayinlangan mudofaa vazirining sönggi örinbosari edi. 

Avvalroq mudofaa vazirining sobiq örinbosari Timur Ivanov, Ukrainada jang qilgan general-mayor Ivan Popov, Mudofaa vazirligi kadrlar boşqarmasi sobiq boşliği Yuriy Kuznetsov, Boş ştab boşliği örinbosari Vadim Şamaringa nisbatan turli moddalar böyiça jinoiy iş oçilgan edi.