Britaniyada tartibsizliklar: 39 politsiyachi jarohat oldi
Liverpul yaqinidagi Sautport shahrida dushanba kuni bolalar raqs klubida qilingan hujumda uch qiz halok bo‘lib, yana bir necha bola jarohatlanishi ortidan tartibsizliklar boshlandi.

Foto: SCANPIX / Richard McCarthy / PA via AP
Britaniyaning Sautport shahrida o‘ng ekstremistlar keltirib chiqargan tartibsizliklar vaqtida 39 nafar politsiyachi jarohat oldi. Ulardan 27 nafari shifoxonada, deb xabar berdi mintaqaviy tez yordam xizmati 31 iyul, chorshanbaga o‘tar kechasi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, zobitlarning suyaklari singan, miyasi chayqalgan va boshqa jarohatlar olgan. Norozilik munosabati bilan politsiya bir kun davomida gumondorlarni qidirish va hibsga olish uchun kengaytirilgan vakolatlarga ega bo‘ldi.
Tartibsizliklar bolalar raqs studiyasiga pichoq bilan hujum uyushtirilgani va uch qiz halok bo‘lganidan keyingi kun boshlangan. Qoidabuzarlar mahalliy masjid va politsiya xodimlariga g‘ishtlar otgan, mashinalar va chiqindi qutilarini yoqib yuborgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizlikda asosan o‘ta o‘ng islomofob «Ingliz mudofaa ligasi» guruhi a’zolari qatnashmoqda.
«Jamiyat bilan bunday munosabatda bo‘lish kerak emas, ayniqsa dushanba kungi voqealardan hanuz azob chekayotgan odamlarga nisbatan», dedi Mersisayd grafligi politsiyasi boshlig‘i yordamchisi Aleks Goss.
Sautportdagi bolalar studiyasiga pichoq bilan uyushtirilgan hujum
Hujum Hart Space Studious binosida, qo‘shiqchi Teylor Sviftga bag‘ishlangan, 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yoga va raqs bo‘yicha master-klass o‘tkazilayotganda sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlar soni 3 nafarga yetdi. Mersisayd politsiyasi 30 iyul, seshanba kuni ma’lum qilishicha, 9 yoshli qizaloq olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Avvalgi kungi hujumda halok bo‘lgan qolgan ikki qiz 6 va 7 yoshda edi. Yana sakkiz nafar bola va ikki yoshi katta shaxs shifoxonalarda qolmoqda. AP xabariga ko‘ra, kattalar va besh nafar bolaning ahvoli og‘ir.
Qo‘shni Benks shahrida yashovchi 17 yoshli yigit hujum qilishda gumonlanib hibsga olingan. Politsiyaning aytishicha, u yolg‘iz harakat qilgan va hujum terrorizm bilan bog‘liq emas. Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchi Britaniyada tug‘ilganini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Xavf tug‘diryapti” - Tramp Oq uydagi salkam 200 yillik magnoliya daraxti kesib tashlanishini aytdi
Jahon | 11:37
-
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
O‘zbekiston | 11:35
-
Le Pen Fransiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishga va’da berdi
Jahon | 11:33
-
Pokiston O‘zbekistonda yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot | 11:18
Mavzuga oid

10:43 / 29.03.2025
Britaniyada ishlamoqchi bo‘lganlar uchun ta’lim dasturlari amalga oshiriladi

14:00 / 24.02.2025
Ommaviy tartibsizliklarni sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

14:44 / 20.02.2025
The Times: Britaniya Ukrainaga qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin

09:45 / 17.02.2025