Ma’lumot uchun:
- korxonada ESG tamoyillarini joriy etish maqsadida korxona faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirish;
- korxonaning ishlab chiqarish, moliya, buxgalteriya, omborlarni, kadrlar va boshqa jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida “SCADA Dashboard” ishlab chiqarish jarayonlarining tahlil tizimi va resurslarni boshqarish tizimi “ERP”ni joriy qilish;
- zamonaviy inson resurslarini boshqarish (HR) tizimini joriy etish;
- uran zaxiralarni Avstraliyaning JORC kodeksi talablariga muvofiq baholash;
- Moliyaviy hisobotlarni IFRS standartlariga (Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari) o‘tkazish va ularni xalqaro audit tashkilotlaridan o‘tkazish hamda xalqaro kredit reytingini olish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonaning 2022-2023 yillar uchun moliyaviy hisobotlari IFRS standartlarini “birinchi marta qo‘llash” (“First time adoption”) talablari asosida tayyorlandi.

Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari talabidan kelib chiqib, korxona balansidagi asosiy konlarning (17 ta) uran zaxiralari “SRK Consulting” xalqaro kompaniyasi tomonidan Avstraliyaning JORC kodeksi talablariga muvofiq baholandi va zaxiralar miqdori 70,7 ming tonna deb topildi. Shuningdek, uzoq muddatli aktivlarning haqqoniy bahosi (“Fair Value”) aniqlanib, 2023 yil yakuni bilan ularning qiymati qariyb 6 trln so‘mni tashkil etdi.

















