Danğara tumanida yöl çetida ketayotgan piyodalarni urib yuboriş oqibatida 4 kişining umriga zomin bölgan haydovçi jinoiy javobgarlikka tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, 1998 yilda tuğilgan Ş.V. 2024 yilning 20 fevral kuni soat 23:30 larda ukasiga tegişli bölgan Cobalt maşinasini mast holatda boşqarib çiqqan. U maşinani “Qöqon-Mulkobod-Gulboğ-Pungan” avtomobil yölining Danğara tumanidan ötgan qismida boşqarib ketayotib, boşqaruvni yöqotgan hamda yölning öng çetida harakatlanib ketayotgan 6 nafar piyodani urib yuborgan. Söngra jabrlanganlarga yordam körsatiş çoralarini körmasdan, hodisa joyidan qoçib ketgan.

YTH oqibatida 4 nafar fuqaro – O‘.I., K.I., D.I. va O‘.Yo. hodisa joyida vafot etgan. Ular 20-21 yoşli yigitlar bölgan. Şuningdek, Ş.J. örtaça oğirlikda hamda A.O. yengil tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Ötkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga köra, haydovçi Ş.V.ning peşobi tarkibida etil spirti va kuçli ta’sir qiluvçi tropikamid dori vositasi mavjudligi aniqlangan.

Ş.V. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan.

“Ukamning nomida bölgan Sobalt maşinasida Toşkent şahriga yölovçi taşiş bilan şuğullanib kelaman. 2024 yil 20 fevral kuni soat 16:00 yoki 17:00 larda Toşkent şahridan 4 nafar yölovçini Danğara tumaniga olib kelib, manzillariga taşlab qöydim. Kun keç bölib qolgani bois ovqatlaniş uçun “Kamron” nomli oşxonaga bordim. Yölda ovqatlaniş vaqtida içiş uçun aroq sotib oldim. Ovqatlaniş davomida uning ma’lum miqdorini içdim. Öşa yerda biroz uxlab, özimga kelganimda ança vaqt ötib qolganini kördim.

Maşinamni boşqarib, Urganji qişloği tomonga keta boşladim. Yöl ikki tomonlama harakatlaniş uçun möljallangan edi. Maşinani boşqarib ketayotib çarçoq va mastlikdan uxlab qolibman. Boşim “labavoy”ga urilganida uyğonib ketdim. Avvaliga velosipedçini urib yubordim deb öyladim. Şu vaqtda maşinam yöl çetidagi terakka borib urildi. Töxtaganidan söng maşinadan tuşib, holatni kördim va qörqib, u yerdan ketib qoldim. Özimga kelganimda Tumor mahallasi hududidagi dala yer maydonida, ariq içida yotgan ekanman.

Marhumlarning yaqinlaridan va jabrlanuvçilardan keçirim sörayman, ularga yetkazilgan moddiy zararlarni keyinçalik qoplab beraman”, degan haydovçi öz körsatmasida.