Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanida insonlar ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga köra, YTH 2024 yilning 14 iyul kuni soat 13:20 larda tumanning Boğot mahallasi hududida sodir bölgan. 1980 yilda tuğilgan Ş.Q. «Boğot – Jarboşi» avtomobil yölining «Boğot» yönalişida mast holatda Nexia maşinasini boşqarib borib, özi bilan bir yönalişda yölning çetki qismida ikki nafar voyaga yetmagan farzandini mindirgan holda velosipedda harakatlanib ketayotgan O‘.Q.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida O‘.Q. hamda uning 2019 yilda tuğilgan qizi A.R. hodisa joyida vafot etgan. 2017 yilda tuğilgan ikkinçi qizi R.R. esa tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Ş.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odamlar ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Haydovçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Avvalroq Farğonada 4 piyodaning umriga zomin bölgan haydovçi 9 yilga qamalgani xabar qilingandi.











