Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatçi Donald Trampga suiqasd uyuştirilganidan «juda hayratda» qoldi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Ehtimol, aytişimiz mumkinki, [Putin] juda va juda hayratda qoldi, çunki saylovlar davomida siyosiy kuraş iştirokçilarini himoya qiliş darajasini hisobga olgan holda, ayniqsa, AQŞ kabi davlatda, albatta, hozir bunday xavf va tahdidlarni minimallaştiriş kerak. Va, albatta, bunday hujumlar, ularni heç kim ma’qullay olmaydi. Hamma ularni qat’iy rad etadi va qoralaydi», dedi u.

Peskovning qöşimça qilişiça, Donald Trampga suiqasd kabi hujumlarni heç kim ma’qullay olmaydi.

«Albatta, bunday hujumlarni heç kim ma’qullay olmaydi, hamma ularni qat’iy inkor etadi, rad etadi va qoralaydi», dedi Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Trampga suiqasdga munosabati haqidagi savolga javob berar ekan.

AQŞ prezidentligiga respublikaçi nomzodga suiqasd 13 iyul kuni Pensilvaniyada bölib ötgan mitingda sodir böldi. Tramp quloğidan yaralandi.

Hujum qilgani taxmin qilinayotgan şaxs Trampni qöriqlayotgan AQŞ Maxfiy xizmati snayperi tomonidan otib öldirildi. FQB 20 yoşli Tomas Kruks öt oçganini ma’lum qildi.

Suiqasddan keyin AQŞ Maxfiy xizmati saylov kampaniyasi tugaguniga qadar Trampning xavfsizligini kuçaytirdi. Mamlakat içki xavfsizlik departamenti rahbari Alexandro Mayorkas voqeani xavfsizlik xizmatining muvaffaqiyatsizligi deb atadi va mustaqil tergov ötkazişga va’da berdi.