Perm ölkasining Gornozavodskaya şahar okrugida «Urengoy – Moskva» yönalişida harakatlangan yölovçi poyezdi yuk maşinasi bilan töqnaşib ketdi. Bu haqda 2 avgust, juma kuni viloyat gubernatori Dmitriy Maxonin ma’lum qildi.
«Gornozavodskaya okrugida 11-sonli «Urengoy – Moskva» poyezdining yuk maşinasi bilan töqnaşuvi haqida. Poyezd yölovçilari orasida jabrlanganlar yöq. Poyezd Yevropeyskaya stansiyasiga olib borib qöyildi. Biz barça zarur yordamni taşkil qilamiz», — deb yozdi viloyat rahbari Telegram-kanalida.
Gubernator ölka Soğliqni saqlaş vazirligiga vaziyatni nazoratda uşlab turiş, jabrlangan yuk maşinasi haydovçisiga tezkor yordam körsatiş va şifoxonaga yetkazilişini ta’minlaş böyiça topşiriq berdi.
Voqea sabablarini aniqlaştiriş uçun Sverdlovsk temiryöli («SvJD») boşliğining birinçi örinbosari boşçiligida tezkor ştab tuzildi.
Öz navbatida, «SvJD» Telegram-kanali hodisa mahalliy vaqt bilan soat 7:35 da (Toşkent vaqti bilan 6:35) Yevropeyskaya – Ust-Tiskos uçastkasida sodir bölganini xabar qildi.
«Yuk maşinasi haydovçisi yaqinlaşib kelayotgan 11-sonli Noviy Urengoy – Moskva poyezdi oldida çorrahadan taşqaridagi temiryöl relslariga çiqib ketdi. Poyezd maşinisti favqulodda tormozni qöllagan, biroq masofa yetarli emas edi, töqnaşuv oldini olişning iloji bölmagan», — deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, YTH oqibatida avtomaşina haydovçisi jabrlangan. Yölovçilar va poyezdning lokomotiv ekipaji tibbiy yordam sörab murojaat qilmagan. Harakat tarkibining relsdan çiqib ketişi kuzatilmadi.
«Lokomotiv taşqi elementlari va avtomobil (elektrovoz ostida qolgan) şikastlangan. Voqea joyiga Çusovskaya stansiyasidan qutqaruv poyezdi jönatildi», — deyiladi matbuot xizmati xabarida. Mazkur uçastkada poyezdlar harakati vaqtinçalik töxtatilgan.












