26 iyul kuni avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan oçiq muloqot ötkazilgan edi. Tadbirda Özbekistonda KIA avtomobillarini işlab çiqarayotgan ADM Jizzakh kompaniyasi boş direktori Doniyor Davletyarov mahalliy bozor “haddan taşqari töyingani va qizib ketgani”ni iddao qilib, jismoniy şaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga soliş va elektromobillar importi uçun bojlarni qayta tiklaş taklifi bilan çiqqandi. Bu taşabbusning içki bozordagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir qilişi sababidan Davletyarovning fikrlari jiddiy tanqidlarga uçradi.
Eksport bilan şuğullanuvçi korxonalarda mavjud muammolar va ularning yeçimi böyiça taşkil qilingan navbatdagi davra suhbatida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov yuqoridagi mavzuga qaytib, yetakçi xorij davlatlarida ham içki bozorni himoya qiliş maqsadida qöşimça bojlar joriy qilingani haqida gapirdi.
“Bundan oldingi muloqotda özim şaxsan qatnaşa olmadim, lekin internet tarmoğidagi jurnalistlarga murojaatimki, bitta tadbirkor özi standart olib, özi standartga javob beradigan qöşimça elementlarni işlab çiqarişni yölga qöyyapti. Sababiki, bizda şu işlab çiqariş borligi, töğrimi?
Şu sababdan men dunyodagi rivojlangan davlatlarning foiz stavkalarini ma’lumot uçun aytib ötmoqçiman. Amerika, Xitoy maşinalari standartga javob bermasligi, ularning dilerlari bölmagani uçun avtomobil narxiga 102 foiz qöşimça boj qöygan. Yevropa davlatlari 38 foiz, Turkiya 58 foiz, Braziliya 10 foiz va 2026 yilgaça 35 foizga kötarmoqçi. Endi şu talab qöyilganidan keyin Xitoy elektromobillari neça xil bölişidan qat’iy nazar, BYD Turkiyada 1 mlrd dollarlik zavod qurişga kelişdi”, dedi SSP raisi.
Davron Vahobovning qöşimça qilişiça, bu işçi örni yoki monopoliya bilan boğliq emas, balki avtosanoat sohasida malakali mutaxassislar çiqariş nuqtayi nazaridan ahamiyatli.
“Asakadagi zavodda yillar davomida yuz minglab odam faoliyat yuritdi. Özim bilganim, 15 ga yaqini Germaniyada 3 ming yevrodan 5 ming yevrogaça oylik olyapti”, dedi u.
SSP raisi Doniyor Davletyarovning elektromobillar uçun bojlarni qayta tiklaş haqidagi taklifini “100 foiz qöllab-quvvatlaşi”ni ta’kidlab, öz fikrini dastaklaş uçun Turkiyaning ham öz içki bozorini himoya qilayotganini misol tariqasida keltirdi.













