Venesueladagi tartibsizliklarda 80 dan ortiq harbiy va politsiyachi jarohat oldi
Venesuela bosh prokurori vandalizm sodir etganlar qonun oldida javob berishini aytdi.

Foto: Picture Alliance
Venesueladagi namoyishlar chog‘ida 80 dan ortiq harbiy va politsiyachi yaralangan. Bu haqda bosh prokuror Tarek Uilyam Saab ma’lum qildi.
Saab Karakasdagi matbuot anjumanida, mamlakatdagi tartibsizliklarning ko‘plab ishtirokchilari hatto prezidentlik saylovlarida ovoz berishda ham qatnashganini aytdi.
«Vandalizmni sodir etganlar uzoq muddatli sudlanganlik holatiga ega. Ular Ugo Chaves haykallari, shifoxonalar va politsiya mashinalariga zarar yetkazgan. Biz fuqarolarning huquqlarini himoya qilamiz va qonuniy choralar ko‘ramiz», - dedi u.
Unga ko‘ra, hokimiyat konstitutsiya doirasida tinch namoyishlar o‘tkazgan fuqarolarni hurmat qiladi, ammo buzg‘unchilikka yo‘l qo‘yganlar qonun oldida javob beradi.
28 iyul kuni Venesuelada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi.
Venesuela Milliy saylov kengashi amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro 51,2 foiz ovoz bilan uchinchi olti yillik muddatga qayta saylanganini ma’lum qildi.
Muxolifat saylov natijalari soxtalashtirilganini da’vo qilmoqda.
Saylov natijalariga qarshi namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 17 kishi, jumladan, harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:26
-
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 19:59
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
Mavzuga oid

11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi

22:09 / 26.03.2025
Hindiston va Xitoy Trampning tahdidi sabab Venesueladan neft sotib olishni to‘xtatdi

23:42 / 24.03.2025
Venesuelaga AQShdan deportatsiya qilingan migrantlarning birinchi guruhi yetib keldi

20:33 / 16.03.2025