Bilim va malakalarni baholaş agentligi boşqarma boşliği Zafarbek Olimbekov, agentlik huzuridagi ilmiy-öquv amaliy markazining bölim rahbari Mirşod Ermamatov va ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja joriy yilgi test sinovlarining yakunlari böyiça öz fikrlarini bildirdi.
Bu yil 740 mingga yaqin abituriyent kiriş imtihonlarida qatnaşdi. Bu ötgan yilgidan 151 mingga kam. Ötiş balli esa eng yuqori – 189 ballning 30 foizi miqdorida belgilangan, ya’ni 56,7 ball. Ana şu ballni olgan abituriyentning bahosi “1” dan sal yuqori böladi. Ammo 350 mingga yaqin talabgor savollarning 30 foiziga ham töğri javob berolmagan.
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Şerzodxon Qudratxöjaning fikriça, bu – yoşlarda bilim olişga bölgan iştiyoqning tobora tuşib borişi bilan boğliq. Bilimni baholaş agentligi boşqarma boşliği Zafarbek Olimbekov esa vaziyatni ötgan yilgidan yaxşiroq deb baholadi. Agentlik huzuridagi markaz imtihon va undan keyingi natijalarni har yili tahlil qiladi. Natijalarni umumiy emas, avvalo şu yil bitirgan bitiruvçilar yiğgan ballar asosida körib çiqiş kerak, deydi Olimbekov.
Şuningdek, bu yilgi kiriş imtihonlarida huquqşunoslikdan tuşgan savollar oldindan e’lon qilingan manbalardan emasligi aytildi. Abituriyentlar va ularning ota-onalari bundan jiddiy noroziligini bildirdi. Ammo agentlik öz pozitsiyasida sobit qolmoqda. Boşqarma boşliğiga köra, savollarning hammasi davlat dasturi asosida bor va avvaldan e’lon qilingan manbalardan olingan. Lekin qonun va kodekslar özgarsa, özgargan variant asos qilinib olinişi abituriyentlar örtasida çalkaşlikni keltirib çiqargani haqiqat.
BMVA vakillarining fikriça, ötiş ballini ham ololmaganlar sonining bu qadar köpligiga ba’zi abituriyentlarning hattoki savolni körmay javoblarni belgilaşi ham ta’sir körsatgan. Öz bilimini sinaş uçun kelgan ayrim öqituvçilar va bu yilgi savollar bilan tanişiş maqsadida imtihonga kirgan repetitorlar faqat öz fani böyiça testlarni yeçadi, qolgan fanlarga qaramaydi, deydi ular.
Şohrux Majidov suhbatlaşdi.










