Rossiya va Ğarb davlatlari örtasidagi keng kölamli mahbuslar almaşinuvi doirasida ozod etilgan 13 kişi Germaniyaga yetib kelgaç, Koblensdagi Germaniya qurolli kuçlari (Bundesver) gospitalida bir muddat böladi. Ular kamida şu dam oliş kunlari tibbiy muassasada qolişlari kutilmoqda, deb yozadi Tagesspiegel 3 avgust, şanba kuni hukumat doiralari suhbatdoşiga tayanib.

Yangi bemorlar bilan muzokaralar, xususan, Federal razvedka xizmati va Federal jinoyat işlari boşqarmasi xodimlari tomonidan amalga oşiriladi. Tagesspiegel qayd etişiça, Bundesver kasalxonasi qöşimça xavfsizlik nazorati ostida böladi. 

Ozod qilinganlardan biri, rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Ilya Yaşin 2 avgust kuni Deutsche Welle’ning Bonndagi ofisida jurnalistlar bilan uçraşuvda şifokorlar kuzatuvi haqida gapirdi. Unga köra, nemis şifokorlari Rossiya Federatsiyasidan kelganlarda D vitamini yetişmasligini aniqlagan. 

Rossiya va Ğarb örtasida mahbuslar almaşinuvi

1 avgust kuni Turkiya poytaxti Anqarada Rossiya va Ğarb davlatlari örtasida keng kölamli mahbuslar almaşinuvi bölib ötdi. Rossiya Federatsiyasi 16 kişini, şu jumladan Belarusda afv etilgan Germaniya fuqarosini topşirdi. 10 kişi Moskvaga qaytdi - rus josuslari, ularning ikki farzandi, kiberfiribgarlar va «FSB» xodimi Vadim Krasikov.