Yozgi Olimpiya öyinlari boks musobaqasida özbekistonlik boksçilardan Hasanboy Dösmatov yarimfinal bahslarini boşlab berdi.

-51 kg vaznda Rio Olimpiadasi çempioni hisoblangan Dösmatov Kabo-Verde vakili Daniel De Pinaga qarşi jang qildi va uç raundda ham hakamlar ustunlikni unga berişdi (5:0).

Şu tariqa, u öz faoliyatida ikkinçi marta Olimpiada finaliga yöllanma oldi va endi 9 avgust kuni fransiyalik Bilol Bennamaga qarşi oltin uçun jang qiladi.

Hasanboy Dösmatov Parijdagi turnirni puerto-rikalik Lopez de Jyesus Huanmaga qarşi jangda ğalaba qozoniş bilan boşlagan, çorakfinaldagi oğir jangda esa qozoğistonlik Saken Bibossinovni 3:2 hisobida mağlubiyatga uçratgandi.

Ma’lumot uçun, bungaça özbekistonliklardan Abdumalik Xalokov (-57 kg ), Asadxöja Möydinxöjayev (-71 kg), Lazizbek Mullojonov (-92 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg) ham yarimfinal masalasini ijobiy hal qilişgandi. Lazizbek Mullajonov tez orada tojikistonlik raqibi bilan final yöllanmasi uçun kuraş olib boradi.