Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») kontrrazvedkasi Rossiya «FSB» razvedka tarmoğini zararsizlantirdi, u Rossiya armiyasini Ukrainaga raketalar, bombalar va UUAdan foydalangan holda hujumlarni tayyorlaş uçun ma’lumot bilan ta’minlab kelgan. Bu haqda «SBU» va Ukraina Boş prokuraturasi ofisi (BPO) 5 avgust, duşanba kuni öz saytlarida ma’lum qildi. 

Dnipro, Zaporijjya va Sumi, şuningdek, Donetsk, Odessa va Kirovograd viloyatlarida töqqiz kişi qölga olingan. Ular harbiy holat şaroitida davlatga xiyonat qilişda gumonlanmoqda. Uşlanganlar mol-mulki musodara qilingan holda umrbod qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.

Tergov ma’lumotlariga köra, ayblanuvçilar Kremlga yaqin Telegram-kanallardagi çatlarda faol obunaçi sifatida Rossiya «FSB» e’tiboriga tuşgan. BPO ma’lumotlariga köra, joriy yilning mart oyida «FSB» vakili Telegram’da Ukrainaga qarşi qöporuvçilik faoliyatini amalga oşiriş uçun maxsus çat-bot yaratgan. Bir neça oy davomida töqqiz kişi öz ixtiyori bilan unga qöşildi va «Rossiya razvedkaçisiga harbiy xarakterdagi ma’lumotlarni taqdim etişga» rozi böldi.

Ukraina pozitsiyalari, HHM joylari va elektr podstansiyalari örganildi

Qölga olinganlar orasida - ikki nafar amaldor, biri Dnipro şahar kengaşidan, ikkinçisi Odessa viloyati Yujnenskiy şahar kengaşida bölim boşliği. «SBU» ma’lumotlariga köra, ular har ikki viloyat hududida Rossiyaning öqqa tutişi uçun havo hujumidan mudofaa punktlari va asosiy elektr podstansiyalarini örgangan. 

Qolgan ikki agent Pokrovsk va Çasoviy Yar yaqinidagi mustahkamlangan hududlar va Ukraina Qurolli kuçlarining oğir artilleriya öq otiş joylarini örganib çiqdi. Ularning şerigi Donetsk viloyatidagi Kuraxovoda Ukraina armiyasi şaxsiy tarkibi va harbiy texnikasi haqida ma’lumot töplagan.

Rossiya agentlari orasida Ukraina Qurolli kuçlari eşelonlarining şarqiy front yönalişidagi harakatini qayd etgan ikki menejer va universitet talabasi ham bor. Yana bir uşlangan - sobiq politsiyaçi, u Rossiyaning Ukrainadagi gidroelektr stansiyalaridan biriga hujumi oqibatlari haqida «xabar bergan».