Kogon tumani prokurori Bahodir Ğulomovga sud hukmi öqildi. Bu haqda Kun.uz’ga Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi. Unga köra, sobiq prokuror bilan boğliq jinoyat işi JIB Samarqand şahar sudida körib çiqilgan.

Sud hukmida keltirilişiça, Bahodir Ğulomov Kogon tumani prokurori lavozimida işlab kelib firibgarlik yöli bilan özganing juda köp miqdordagi pul mablağlarini qölga kiritiş maqsadida 2024 yil yanvar oyi boşlarida N.Nö’monov va xavfli retsidivist bölgan Z.Odilov bilan jinoiy til biriktirgan. Ular Buxoro viloyat prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan “Kogon yoğ - ekstraksiya zavodi” AJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi böyiça jamiyat ta’sisçilaridan birining işonçiga kirib, jinoyat işi doirasida unga nisbatan ayblov e’lon qilmaslik va jinoiy javobgarlik masalasini hal etmaslik masalasini Buxoro viloyat prokuraturasida işlovçi mansabdor şaxslar orqali hal etişi mumkinligini aytib, 100 ming AQŞ dollari miqdorida pora berişga dalolat qilişgan.

Şundan söng, sudlanuvçi Bahodir Ğulomov 2024 yil 15 yanvar kuni Buxoro şahrida joylaşgan “Turon” mehmonxonasi oldida 100 ming AQŞ dollarini jinoiy şerigi N.Nö’monov orqali olgan. Şuningdek, u jinoiy harakatlarini davom ettirib, “Kogon yoğ - ekstraksiya zavodi” AJga aloqador şaxslarni Buxoro viloyat prokuraturasida işlovçi mansabdor şaxslar orqali tergovga jalb qilmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga takroran 100 ming AQŞ dollari miqdorida pora berişga dalolat qilgan hamda firibgarlik yöli bilan 44 ming AQŞ dollarini qölga kiritgan. Şundan 10 ming AQŞ dollarini Z.Odilov olib, qolgan 34 ming AQŞ dollarini N.Nö’monov kelgusida Bahodir Ğulomovga beriş uçun özida saqlab kelgan.

2024 yil 13 fevral kuni Buxoro şahar markaziy kasalxonasi yonida ötkazilgan tezkor tadbirda Bahodir Ğulomov N.Nö’monov orqali 56 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida daliliy aşyolar bilan uşlangan. Tezkor tadbir davomida sudlanuvçi N.Nö’monovning Cobalt maşinasidan “Kogon yoğ - ekstraksiya zavodi” AJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi böyiça jamiyatga aloqador tört nafar şaxslarni tergovga jalb qilmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga söralgan 100 ming AQŞ dollari hisobidan 34 ming AQŞ dollari mavjudligi aniqlanib, tegişli tartibda bayonnoma asosida olib qöyilgan.

Sud majlisida sobiq prokuror aybiga iqrorlik bildirib, qilmişidan çin köngildan puşaymon ekanligini, davlat rahbaridan keçirim söraşini aytgan hamda suddan öziga nisbatan qonuniy yengillik berişni söragan.

Sud hukmi bilan Bahodir Ğulomov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik), 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandida (juda köp miqdorda pora berişda iştirokçilik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga prokuratura organlari tizimida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.